T/Log: dunyodagi ilk yog‘och tashiydigan kabinasiz elektr yuk mashinasi

  •   Saroy
  •  763
  •  14.07.2018 12:44

T/Log: dunyodagi ilk yog‘och tashiydigan kabinasiz elektr yuk mashinasi

Shvetsiyaning Einride startapi yog‘och tashiydigan elektr yuk mashinasini namoyish qildi. Unga T/Log deb nom berishdi. Yangi mashinaning o‘ziga xostomoni shundaki, unda kabinaning o‘zi yo‘q va albatta haydovchi ham bo‘lmaydi. Barcha ishni yangi avloddagi avtopilot o‘z zimmasiga oladi.

Kabinasiz model avvalgilaridan anchayin arzon turadi. Bundan tashqari, yog‘och tashish juda xavfli ish sanaladi, shu bois kompaniya xodimlariga maoshlaridan tashqari,  yana qo‘shimcha haq ham to‘lashga to‘g‘ri keladi. Shu sababli haydovchisiz yuk mashinaning ishlashi ancha arzonga aylanadi va tez orada o‘zini qoplaydi.

O‘QING:O‘zbekistonlik startaplar bir million dollarlik investitsiya jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar!

T/Log  elektrokari to‘rtinchi darajali Nvidia avtopilotiga ega bo‘ladi va unda mashina harakatda bo‘lgan chog‘ida odam bo‘lishi shart emas. Shunga qaramay, muammo paydo  bo‘ladigan bo‘lsa, uzoqda mashina harakatini kuzatib turgan  operator elektrokar bilan bog‘lana oladi. Operator o‘z joyida kursni to‘g‘rilashi yoki kerakli joyga mashinani yetkazishi mumkin. T/Log bir marta to‘la quvvatlanganda 200 km yo‘l bosadi, bu ko‘rsatkich asfaltlashtirilgan yo‘lda, albatta. Tuproqli yo‘lda elektr iste’moli oshadi.

Mashina yaratuvchilar batareyani kim yetkazib beradi, elektr yuk mashinasi qayerda yig‘iladi, bu haqda ma’lumot bermagan. Dastlabki kabinasiz T/Log elektrokari 2020 yilda sotuvga chiqadi. Yangi mashinaning narxi va tavsifi haqida ham hech narsa ma’lum emas.

O‘QING:“Openbucks” startapi asoschisi o‘zining tajribasini IUT talabalari bilan o‘rtoqlashdi