Tahlil: 2016 yilda mobil o‘yinlardan olingan daromad yuqori bo‘ldi

Tahlil: 2016 yilda mobil o‘yinlardan olingan daromad yuqori bo‘ldi

Ferra nashrining SuperData Research kompaniyasining tahlillariga asoslanib xabar berishicha, 2016 yilda mobil o‘yinlardan olingan daromad avvalgi yillarga qaraganda bir necha baravar yuqori bo‘lgan va jami 91 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Tahlillarga ko‘ra, bir oyda mobil o‘yin uchun vaqt sarflaydigan auditoriya 2,6 mlrd kishidan iborat bo‘lgan va ularning asosiy qismi Osiyo va Tinch okean mintaqasida joylashgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

SuperData Research mutaxassislarining qayd etishicha, kelgusi uch yil davomida ushbu sohadan keladigan daromad faqat ko‘payib boradi, parallel ravishda mobil o‘yinlarning sifati ham ajratilgan sarmoyalar hisobiga oshishi kutilmoqda. Kelgusi yillarda Pokemon GO, Clash of Clans va Super Mario Run loyihalari darajasidagi ko‘plab mobil o‘yinlar paydo bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!