Tahlilchilar: Apple iPhone X va iPhone SE’dan voz kechishi mumkin

  •   Saroy
  •  1274
  •  10.07.2018 17:40

Tahlilchilar: Apple iPhone X va iPhone SE’dan voz kechishi mumkin

Yaqinda BlueFin tahlil kompaniyasi investorlar uchun hisobot tayyorladi. Unda Apple kompaniyasining yaqin kelajakdagi harakatlari haqida bashoratlar ham bor. Tahlilchilar eng muhim o‘zgarishlarning ichida kompaniyaning yubiley  flagmani iPhone X va eng arzon lineyka hisoblangan iPhone SE’dan voz kechishi ehtimoliga alohida urg‘u bermoqda.

Ekspertlarning fikricha, Apple’ning shunday yo‘l tutishiga sabab, kelayotgan  sentyabrda namoyish etilishi kutilayotgan ushbu yangi modellarga  talabning unchalik ko‘p emasligi bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, foydalanuvchilar o‘zlarining eski iPhone’ni almashtirishni istamayaptilar. Masalan, Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida xorijlik futbol ishqibozlari orasida eng ommabop smartfon  bundan ikki yil avval chiqarilgan iPhone 7 qurilmasi bo‘ldi.

O‘QING:iPhone egalari shikoyat qilmoqda: akkumulyator o‘tirib qolyapti

Hisobotda aytilishicha, Apple 2018 yilning ikkinchi yarmida 91 millionta yangi smartfon ishlab chiqaradi. iPhone 9 arzon model hisoblanadi (hali nomi o‘zgarishi mumkin). U 6,1 dyumli JK-displeyi bilan ta’minlanadi.  iPhone 11 Plus  esa flagman hisoblanadi va u 6,5 dyumli OLED-ekran bilan ta’minlanadi.  

Hozir, tahlilchilar  iPhone X va eng arzon lineyka hisoblangan iPhone SE’dan voz kechilayotgani sabablarini ayta olmayapti. Voqealarning rivojiga qarab shunday to‘xtamga kelish mumkinki, kompaniya asta sekin ishlab chiqarishni ham sotuvni ham to‘xtatadi. Biroq Apple  eng kichik va arzon qurilmasi o‘rniga chiqarayotgan yangi smartfonini hali ham namoyish etgani yo‘q. Yangi iPhone 9 esa uning o‘rnini bosmasligi aniq. Chunki iPhone SE kompaniyaning eng xaridorgir smartfonlaridan biri hisoblanardi.

O‘QING:Apple barcha xizmatlarni bitta imzoga birlashtirmoqchi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!