«Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

  •   DiMaX
  •  1380
  •  18.09.2018 14:55

«Taka bo‘lsin – sut bersin»: Lionel Messi blokcheyn-smartfonni reklama qiladi

Sirin kompaniyasi shu yil noyabrning so‘ngida Finney rusumli kriptosmartfonini rasman taqdim etadi. Ushbu marosimni mashhur futbolchi Lionel Messi olib boradi, deya xabar beradi The Verge nashri.

O‘QING: Lionel Messi yangi smartfon brendini reklama qilmoqda

«Barselona» yulduzidan tashqari, yangi blokcheyn-smartfonni Sirin Labs asoschilari – Kenes Rakishev va Moshe Xogeg taqdim etishadi. Ushbu tadbir 28 noyabr kuni Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Sirin Finney narxi 999 AQSh dollariga teng bo‘lishi xabar qilinmoqda. Uning ijodkorlari smartfon uchun allaqachon 25 mingta buyurtma olib qo‘yishgan.

O‘QING: Messi katta pul sabab Samsung’dan kechib, Huawei bilan shartnoma imzoladi

Mish-mishlarga qaraganda, Sirin Finney kriptosmartfoni keng formatli, diagonaliga 6 dyuymlik ekranga ega, uning piksellar sig‘imi 402 ppi’ga teng. Barmoq izi skaneri ham displeyning o‘ziga joylanadi. Qurilma ilg‘or Snapdragon 845 chipi, 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Smartfonning asosiy kamerasi 12 megapikselli va f/1.8 diafragmali ob’yektivga ega. Selfi-kamera esa 8 megapiselli bo‘lib, f/2.2 aperturali.

Sirin Finney akkumulyatorining tok sig‘imi 3000 mA/soatga teng. Smartfon Android 8.1 Oreo tizimi bazasida yaratilgan Sirin OS grafik qobig‘i bilan ishlaydi. Unda ko‘z yoyi skaneri va daktiloskopik datchik, shuningdek Wi-Fi, NFC va Bluetooth 5.0 modullari bo‘ladi. Korpusi IP52 standartiga ko‘ra muhofazalangan bu smartfon, ayrim mish-mishlarga qaraganda, slayder form-faktoriga ega.

Aytish kerakki, mashhur shaxslar qatorida futbolchilarni ham yangi qurilmalar reklamasiga jalb etish tajribasi avvaldan qo‘llanib keladi.

O‘QING: Ronaldu reklama qilgan ZTE Nubia Z17 mini 56 sekundda 50 ming dona sotildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!