Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Talabaga kerak bo‘lgan 9 bepul ilova

Mushtariylarimiz toifasini aniqlash maqsadida saytimizning Telegram kanalida yaqinda so‘rovnoma o‘tkazgan edik. Unda ishtirok etgan 3521 nafar respondentning 27 foizi o‘zining talaba ekanligini ta’kidlab ovoz bergan. Mana shu natijadan kelib chiqqan holda, quyida talabalar uchun mo‘ljallangan maqolalar turkumining ilk postini taqdim etamiz. Biz sizga mos bo‘lish harakatidamiz!

Talaba ekansiz, demak, mavjud barcha sifatli elektron vositalardan imkon qadar ko‘proq foyda olishga intilishingiz kerak. Bugungi kunda eng yaxshi ta’limiy vositalar kaftingizda mujassam. Faqat ularni aniqlay bilish kerak.

Quyida talabalarga mo‘ljallangan eng yaxshi bepul ilovalar ro‘yxatini keltirib o‘tamiz.

1. Any.do

Any.do vazifalaringizni tartibli tashkillashtirish, qiladigan ishlaringiz ro‘yxatini shakllantirish va taqvimingizni barcha qurilmalaringizda sinxronlashtirish imkonini beradi. Ushbu ilova o‘qish, oila va ish borasidagi mas’uliyatlarini muvozanatda ushlab turishi muhim bo‘lgan talabalar uchun ayni muddao.

Vazifalarni yaratish uchun ovozli avtomatizatsiyadan foydalanish, yaratilgan vazifalarning muhimlik darajasini belgilash va bajarib bo‘linganlarining barchasini ro‘yxatdan olib tashlash uchun telefonni silkitish kabilar ilovaning eng yaxshi funksiyalari hisoblanadi.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash
Onlayn foydalanish

2. Dropbox

Bu ilovadan ko‘pchilik xabardor bo‘lsa kerak, albatta. Uning foydalanuvchilari soni ham talaygina ekanligiga shubha yo‘q. Dropbox shaxsiy kompyuterlarda hujjatlarni bulutli ulashish texnologiyasini tubdan o‘zgartirdi va barcha ajoyib funksiyalarni mobil ilovasiga ham joriy etdi. Ilovani smartfon yoki planshetingizga ham o‘rnatib olishingiz mumkin.

Dropbox dunyoning istalgan nuqtasidan istalgan vaqtda Dropbox akkauntingizga saqlangan hujjatlarga ulanish imkonini beradi. Bu uyga vazifa/topshiriqlarni bajarishda turli hudud yoki qurilmadan foydalanishga to‘g‘ri kelganda, ayniqsa, qo‘l keladi. Xuddi shunday, jamoaviy loyihalar ustida ishlanayotganda ham ilova ancha qulay vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Dropbox'ning o‘ziga xosligi shundaki, istalgan qurilmangizdan kirib, ma’lum hujjatning yangi nusxasini bulutli akkauntingizga saqlab qo‘ysangiz, o‘sha yangi faylni har qaysi qurilmangiz bilan ko‘ra olasiz.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash
Kompyuter uchun yuklash

3. OFFICE LENS

Bosma yoki doskadagi matnlarni tahrirlasa bo‘ladigan elektron matnga aylantirishga hech bir ehtiyoj sezganmisiz? Microsoft'ning Office Lens ilovasi aynan man shunday vazifa uchun yaratilgan.

Matnni suratga tushriganingizdan so‘ng, uni Microsoft Word, PDF yoki PowerPoint fayliga aylantirishingiz va uni tahrirlab, saqalb olishingiz mumkin bo‘ladi. Doskadan matn ko‘chirib o‘tirish davri o‘tdi!

•Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash

4. Dictionary.com

Til o‘rganish ommalashgan ayni davrda eng yaxshi bepul inglizcha lug‘atlardan Dictionary.com sizga qo‘l keladi. Ilovadan oflayn foydalanishingiz, "Kun so‘zi" (Word of the Day) orqali so‘z boyligingizni kundlik ravishda boyitib borishingiz yoki yozma ishingizda bir so‘zni qayta-qayta takrorlashdan qochish uchun Tezaurus funksiyasi orqali sinonimlarni qo‘llashingiz mumkin.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash
Onlayn foydalanish

5. FOREST

Dars qilayotgan paytda telefonga chalg‘ib ketadiganlar uchun Forest eng maq’bul va ajoyin dizaynga ega ilovadir. Ilova nima ish qiladi? Har safar dars qilishga o‘tirganingizda, telefoningini dars paytida o‘ynab qo‘ymaslik uchun Forest ilovasini ochib, kichik nihol o‘tqazasiz (ekasiz). Nihol yarim soat ichida daraxtga aylanadi, agar 30 daqiqalik muddat tugamasdan, telefoningzni o‘ynash uchun ilovadan chiqishga urinsangiz, nozik nihol so‘lib qoladi! Bu, qaysidir ma’noda, tabiatga bo‘lgan mehringiz oshishga ham xizmat qiladi.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash (afsuski, ilovaning iOS talqini 1.99 dollar turadi)

6. CRAM

Cram foydalnishga qulay fleshkartochka ilovasi bo‘lib, imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishingizda yordamchi bo‘ladi. Fleshkartochalar to‘plamini saytdan tayyor yuklab olishingiz yoki o‘zingiz yaratishingiz mumkin. Ilovada Eslash va Karta o‘quv rejimi bor. Bundan tashqari, mavzularni o‘ta tez o‘zlashtirish uchun Tezkor o‘rganish opsiyasi ham mavjud.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash
Onlayn foydalanish

7. REALCALC SCIENTIFIC CALCULATOR

Matematika, injinering yoki murakkab hisob-kitob talab qilinadigan boshqa soha talabasimisiz? Sizga Realcalc Scientific Calculator ilovasi qo‘l keladi. Kalkulyatorda bajarilgan amallar tarixi va fizik konstantalar ro‘yxati mavjud.

Android uchun yuklash
iOS muqobili (CalcMadeEasy) ni yuklash

8. MINT

Talabalarning ko‘pchiligi mablag‘larini to‘g‘ri taqsimlashga qiynalishadi. Mint esa bu borada sizga yordam beradi.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash
Onlayn foydalanish

9. EVERNOTE

Evernote bilan qaydnomalar yozib olishingiz; qiladigan ishlar ro‘yxatini yaratishingiz; maqola, hujjat va rasmlaringizni to‘g‘ri tashkillashtirishingiz va bularning barchasini do‘stlar bilan ulashishingiz mumkin. Bu, haqiqatan, hammasi bitta joyda jamlangan ilova sanaladi.

Android uchun yuklash
iOS uchun yuklash
Kompyuter uchun yuklash

O‘QING: O‘zbekiston hatto Google, Yandeks, AliExpress va Netflix’ga ham soliq solmoqchi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!