Tanishing: Samsung Galaxy A9 Star va A9 Star Lite smartfonlarining “jonli” fotosi hamda tavsifi

  •   Saroy
  •  2675
  •  31.05.2018 11:25

Tanishing: Samsung Galaxy A9 Star va A9 Star Lite smartfonlarining “jonli” fotosi hamda tavsifi

Bundan avvalroq, hali rasman namoyish qilinmagan  Samsung Galaxy A9 Star smartfoni Xitoyning TENAA kompaniyasi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgani haqda yozgandik. Endi esa, uning ukasi  bo‘lmish – Samsung Galaxy A9 Star Lite’ning “jonli” fotosi namoyish qilinmoqda. Bundan tashqari, mazkur apparatning imkoniyatlari haqida ham yangi ma’lumotlar e’lon qilindi.

O‘QING:Samsung Galaxy A9 Star haqida yangi ma’lumotlar

Suratga qaraganda, ikkala smartfonning ham orqa paneli oynali bo‘ladi. Qurilmaga chaqnog‘i pastda joylashgan qo‘sh vertikal kamera hamda  barmoqlar izini oladigan kvadratli  skaner o‘rnatilgan.  Pastki qismida zamonaviy USB Type-C porti, 3,5-mm audio va dinamika ko‘rinib turibdi. Yon qirrasida esa, ovoz ko‘targich va bloklash klavishlari o‘rnatilgan.

Mish-mishlarga qaraganda, ikkala apparatga  ham  24 i 16 Mp  tasvir oladigan datchiklari bilan qo‘shqavatli kamera  o‘rnatilgan. Selfi-kamerasi yangicha bo‘lib, 24-megapikselli modul, qolaversa u avtofokus bilan. Tezkor xotirasi  — 4 gigabayt, ichki xotirasi esa, 64 gigabayt.

O‘QING:Samsung Galaxy’ning Note 9 smartfoni haqida yangi ma’lumotlar oshkor etildi

Samsung Galaxy A9 Star  Snapdragon 660 chipi bilan jihozlanadi. Batareya sig‘imi 3700 mAch. Devays hozircha qora va oq rangda chiqadi. Galaxy A9 Star Lite esa, Snapdragon 450 protsessori bilan jihozlangan. U ko‘k, qora va moviy rangda bo‘ladi.

Hozircha ushbu smartfonlarning bozorga chiqish sanasi ma’lum qilinmagan. Biroq, yangi qurilmalar eng birinchi Kitay, Kamboja, Singapur, Tailand, Indoneziya, Malayziya va Vetnam mamlakatlari bozoriga chiqadi, deyiladi ushbu xabarda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!