Taqdimot yaqin: Galaxy Note 10 nimasi bilan Note 10+ modelidan farq qiladi?

  •   DiMaX
  •  1511
  •  23.07.2019 11:05

Taqdimot yaqin: Galaxy Note 10 nimasi bilan Note 10+ modelidan farq qiladi?

Samsung kompaniyasining navbatdagi namoyishi 7 avgustga mo‘ljallangan va janubiy koreyaliklar unda o‘ninchi avlod fabletlarini taqdim etishadi. Mazkur turkumga Samsung Galaxy Note 10 hamda Note 10+ rusumli qurilmalar kirishi aniq, yana boshqa modifikatsiyalari ham bo‘lishi mumkin.

O‘QING: "5G Fighting Championship": Galaxy Note 10 5G vs. Galaxy S10 5G

Hozircha aniq bo‘lgan shu ikki modelning o‘zaro qanday farqlanishini kecha insayderlar ma’lum qilishdi.

Birinchi o‘rinda, bu ikki gadjet turlicha ekranlarga ega: Galaxy Note 10 modelida 6,3 dyuymlik Full HD displey, Note 10+ flagmaniga esa 6,8 dyuymlik, QHD+ (1440p) displey o‘rnatilgan.

Protsessor har ikkalasida ham bir xil – sotilish hududiga qarab Snapdragon 855 yoki Exynos 9825. Ichki xotiralari ham bir xil – 256 gigabaytlik hajmda, tezkor xotira esa turlicha: «oddiy» fabletda 8 GB, «plyusli» variantida esa 12 GB.

Har ikkala fabletning bosh kamerasidagi uchta optik datchik 12, 12 va 16 megapiksellik, Note 10+ modelida esa bulardan tashqari 3D ToF kamera ham mavjud.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Galaxy Note 10 planshetofonining akkumulyatori 3500 mA/soatlik bo‘lib, 25 vattlik texnologiya bo‘yicha quvvatlana oladi. Galaxy Note 10+ batareyasida esa mazkur ko‘rsatkichlar tegishlicha 4300 mA/soat hamda 45 vattga teng. Natijada ularning vaznida ham farq mavjud: standart fablet 168 keladi, «plyusli»si esa 198 gramm tosh bosadi.

Stilus har ikkala modelda ham bir xil, ammo korpus ranglarida farqlari bo‘ladi. Galaxy Note 10 qizil, qora va oq tusli, Note 10+ esa qora, oq va Crystal gradient rangli korpuslarda taklif etiladi.

Hozircha esa turli rusumlardagi Samsung telefonlarini 619 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Galaxy A10s arzon bo‘lsa-da, qo‘sh kamera, daktiloskop, 4000 mA/soatlik batareya va kuchli MediaTek chipiga ega!