Taqiluvchi qurilmalar bozorida yetakchi kim?

  •   Saroy
  •  1588
  •  24.05.2018 12:59

Taqiluvchi qurilmalar bozorida yetakchi kim?

Canalys tahlilchilarining ma’lum qilishicha, 2018 yilning birinchi choragida taqiluvchi gadjetlar  20.5 million donaga yetib, 35 foizlik yillik o‘sishni ko‘rsatgan. Apple va Xiaomi esa qariyb, teng ulush bilan mazkur bozorda karvonboshilik qilmoqda.

Apple  3.8 millionta Apple Watch smart-soat sotib birinchi o‘ringa chiqib olgan. Xiaomi natijalari ham tahsinga loyiq – 3.7 millionta gadjet. Darvoqe, savdoning 90 foizi Mi Band bilakuzugiga (yaqin orada uchunchi avlodi ham chiqadi) to‘g‘ri kelgan. Hozir bu ikki kompaniya dunyo bozorining 18 foizini egallab turibdi. Shuningdek, yuqori beshlikdan Fitbit (11%), Garmin (7%) va Huawei (6%) joy olishgan.

O‘QING: Apple qanday gadjetlar bozorida Xiaomi’dan oldinga o‘tib oldi?

Xabarda aytilishicha, LTE’li  Apple Watch Series mobil tarmoqli “aqlli” soatlar toifasida bozorning  naq 59 foizini egalladi.

Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, «aqlli» soatlar bozori juda istiqbolli sanalmoqda. Uning bozordagi ulushi dona hisobida  barcha savdoning 43 foizini, pulda esa 80 foizini tashkil etgan, Shu bois ham Mazkur yo‘nalishda  Fitbit ancha faollashib qolgani hech kimni ajablantirmayapti.