Tarmoqlarda iPhone X Plus va iPhone 9’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  2635
  •  30.07.2018 15:23

Tarmoqlarda iPhone X Plus va iPhone 9’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

Xitoydagi taniqli insayder Ben Geskin (@VenyaGeskin1) o‘z sahifasiga Apple hali rasman e’lon qilmagan flagmanlarning  “jonli” rasmlarini joyladi.

iPhone X Plus va iPhone 9 smartfonlari ham xuddi avvalgilariga o‘xshaydi va tashqi tomondan unchalik o‘zgarmagan. Ikkala apparat ham displeydagi qirqma, orqasi shishali va metall romi bilan tasvirlangan. iPhone 9’ning bittalik kamerasi yirik  modul sifatida ko‘zga alohida tashlanib turadi. Olma belgisi orqa qopqoqda qora qopqoq bilan qariyb, birlashib ketgan.

O‘QING:2018 yilgi iPhone’lar suratlarda solishtirib ko‘rildi

 «Arzon» iPhone 9 modeli 6,1 dyumli va yuzni tanib olish Face ID  funksiyaning birinchi avlodi bilan ta’minlangan  IPS-ekraniga ega bo‘ladi. Tejamkorlik maqsadida 3D Touch funksiyasi olib tashlangan. Ehtimol, anchayin arzon bo‘lgan ushbu flagmanlar hozirda omabop bo‘lgan iPhone 8 va 8 Plus’ni orqada qoldirib ketar, har holda shunday bo‘lishiga umid qilinmoqda. iPhone X Plus esa,  6,5-dyuymli  2688 ga 1242 piksel bo‘lgan ekran bilan ta’minlanadi, protsessori  Apple A12 hamda ikkita SIM-karta uchun slot ham bor.

O‘QING:Apple iPhone uchun tashqi ob’yektiv ishlab chiqaradi

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!