Tarmoqlarda Meizu 16 va 16 Pro tavsiflari paydo bo‘ldi

  •   Saroy
  •  809
  •  14.06.2018 17:14

Tarmoqlarda Meizu 16 va 16 Pro tavsiflari paydo bo‘ldi

Shu yilning aprel oyida Meizu kompaniyasi o‘zining Meizu 15, Meizu 15 Plus va Meizu M15 smartfonlarini taqdim etgandi, mana oradan ikki oy o‘tmay turib, kompaniya navbatdagi avlod modellarini namoyish etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Hali Meizu 15 taqdim etilmay turib, Meizu asoschisi hamda rahbari Xuan Chjan (Huang Zhang)  Meizu 16 smartfoni avgust oyida namoyish etiladi degandi. Yaqinda ushbu smartfonning orqa paneli tasviri paydo bo‘ldi, u Meizu 15 ga o‘xshab ketarkan.

O‘QING: iPhone X’ni uyaltirgan smartfon

Endi manbalarda Meizu 16 va 16 Pro’ning narxi hamda tavsifi batafsil keltirilmoqda. Mazkur qurilmalar diagonali tegishlicha 5,6 va 6,1 bo‘lgan  displey bilan ta’minlanadi. Displey tor ramkali bo‘ladi, funksiyasi  3D Touch’dagidek, qalinligi atigi 7,2 mm.

Meizu 16’ning akumulyator sig‘imi 3080 mA•ch, smartfonni 24-vattli zaryadka quvvatlab turadi. Modellarning kattasi 3600 mA•ch sig‘imli akkumulyator hamda 32 vattli zaryadka, shuningdek simsiz 10-vattli zaryadka bilan ta’minlanadi.

O‘QING: Meizu M6 bozorga chiqdi: yangi tavsiflari bilan

Ikkala smartfon ham birkristalli Snapdragon 845 tizimiga ega bo‘ladi, asosiy qo‘sh kamera 2 Mp, old kamerasi esa 20 Mp formatida bo‘ladi.

6 GB OZU va 64 GB flesh-xotirali Meizu 16  469 dollar, 128 GB flesh-xotirali versiyasi esa 515 dollar turadi. Meizu 16 Pro’ning  6 GB OZU va 128 GB flesh-xotirali versiyasi 579 dollar hamda  8 GB OZU va 256 GB flesh-xotiralisi 625 dollar turadi

O‘QING: Eng arzon romsiz Meizu M6T rasman namoyish qilindi