TATUda KOICA’ning 3 million dollarlik loyihasi!

  •   DiMaX
  •  596
  •  27.05.2019 08:25

TATUda KOICA’ning 3 million dollarlik loyihasi!

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tashkiloti Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida yirik loyihani amalga oshiradi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: TATU «Akademik innovatsiyalar» fondidan grant yutib oldi

Xabarga ko‘ra, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 3 million AQSh dollariga teng bo‘lib, «Integrallashgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish va kengaytirish» deb nomlangan.

TATUning asosiy binosi va Samarqand filialida integrallashgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish orqali ta’lim tizimi sifatini oshirish hamda o‘quv ishlarni yanada samaradorligiga erishish rejalashtirilgan. Loyiha 2018 yildan 2021 yilgacha davom etadi. Loyihaning Biznes rejasi (ISP/BPR) ishlab chiqilgan. Shuningdek, uchrashuvda kelgusida qanday ishlar amalga oshirilishi to‘g‘risida ham batafsil kelishib olindi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Eng yaxshi bitiruvchilar TATUga imtihonsiz qabul qilinadi!