TATUda yangi magistratura yo‘nalishi ochildi

  •   DiMaX
  •  1026
  •  26.06.2020 09:03

TATUda yangi magistratura yo‘nalishi ochildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab yangi magistratura yo‘nalishi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Abituriyentlar uchun qulaylik: mahalliy va xorijiy universitetlar onlayn uchrashuviga marhamat!

Yangi magistratura yo‘nalishi «Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari» deb nomlangan va u Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan «Raqamli qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar - NICoPA» (2018-2021) loyihasi asosida ochilgan.

Ushbu yo‘nalishning bo‘lajak magistrantlari Yevropaning nufuzli universitetlari (Technical university of Berlin, Agricultural university Plovdiv, Czech university of Life sciences Prague) bilan hamkorlikda tayyorlangan o‘quv rejasi asosida ta’lim olishadi.

Bunda Geoaxborot tizimlari, Masofadan zondlash texnologiyalari va ilovalari, SENTINEL-1-2-3 tasvirlari bilan ishlash, Kompyuter ko‘rishi, Geoportal, geoxizmat, geotahlil tizimlari uchun veb texnologiyalar, Raqamli qishloq xo‘jaligi asoslari, Geoaxborot tizimlarida sun’iy intellekt va boshqa shu kabi mutaxassislik fanlari asosida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

O‘QING: TATU talabalari abituriyentlarga imtihon manzilini ko‘rsatuvchi ilova ishlab chiqishdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!