Taxlama smartfonning akkumulyatori ham egiluvchan bo‘ladi

  •   Saroy
  •  806
  •  03.07.2018 11:52

Taxlama smartfonning akkumulyatori ham egiluvchan bo‘ladi

Samsung kompaniyasi  ilk taxlama smartfonini chiqarishga jiddiy kirishganga o‘xshaydi (smartfon hozircha  Galaxy X, degan nom olgan). Kompaniya Asan shahrida  egilevchan displeylar chiqaradigan zavodni ishga tushirdi. Kelasi yili bu yerda 1 million donaga yaqin egiluvchan panel tayyorlash ko‘zda tutilmoqda.

Kutilganidek, yangi modelga yangi akkumulyator ham tayyorlanmoqda — u ham smartfon kabi egiluvchan bo‘ladi.

ITHome nashrining yozishicha, bunday akkumulyatorni  yaratishni Samsung SDI bo‘limi uddalagan. Bundan avval ham ular shunga o‘xshash akkumulyatorni namoyish qilgandi, biroq uning sig‘imi juda kichkina, yani atigi,  210 mAch bo‘lgan. Displey uchun diagonali taxlangan holatda 4,5 dyuym va ochilgan holatda  7,3 dyuymli edi.

O‘QING: Honor Note 9 ekran hajmi bo‘yicha Samsung Galaxy S10+ ustidan kulmoqchi

Endi esa, Samsung SDI mutaxassislari egiluvchan batareyaning sig‘imini sezilarli ravishda, ya’ni 3000–6000 mAch’gacha oshirishdi. Shu bois, Samsung taxlama smartfoni  tez orada sig‘imi 5000–6000 mAch bo‘lgan batareya bilan ta’minlanadi.

Bunday akkumulyatorlarni ommaviy ishlab chiqarish joriy yilda boshlanishi kerak.

O‘QING: O‘z smartfoning o‘zingga xoin: Samsung smartfonlari egalarini sotmoqda

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.