«TECHNOWOMENUZ»: AKT sohasidagi o‘zbekistonlik ayollar

  •   DiMaX
  •  708
  •  16.05.2019 09:06

«TECHNOWOMENUZ»: AKT sohasidagi o‘zbekistonlik ayollar

Toshkent shahridagi Inha Universitetida «TECHNOWOMENUZ» forumi o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ixtirochi ayollar markazi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.

O‘QING: «Ilm-fan va texnologiyalarda xotin-qizlar» Markaziy Osiyo haftaligi: startaplarni AQShlik investorlar tanlaydi!

Forumda muhandis hamda dasturchi xotin-qizlarning ilmiy-texnik salohiyatini oshirish, ularni sanoat va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohalariga keng jalb qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ikki kunlik forum doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Intellektual mulk agentligi xodimlari tomonidan o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston Ixtirochi ayollari markazi ekspertlari esa ma’ruzalar o‘qimoqda.

Forum doirasida Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-seminar ham tashkil etildi. Unda tinglovchilarga zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari xaqida asosiy tushunchalar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalar, shaxsiy kompyuterlar bilan ishlash, axborot xavfsizligi asoslari va xavfsizlikni ta’minlash masalalari va boshqa zamonaviy IT-texnologiyalarga oid ma’lumotlar yetkazildi.

O‘QING: Dilafruz Jiyranova: IT va digital «erkak kishiga mos» soha degan tushunchani o‘zgartirish kerak

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.