Tecno Phantom V Fold: rasmiy tizer surat va tarqatilgan jonli video

Tecno Phantom V Fold: rasmiy tizer surat va tarqatilgan jonli video

Buklamafonlar bozori yildan-yilga yangi brendlar bilan kengayib bormoqda va ularning eng so'nggisi Tecno kompaniyasi bo'lishi mumkin. Taniqli smartfon ishlab chiqaruvchisi o'zining Phantom brendi ostida ilk buklamafonini taqdim qilishga tayyorlanmoqda.

Tecno kompaniyasi tez orada Phantom V Fold buklamafoni taqdim qilinishini e'lon qildi. Kompaniya ulashgan tizer suratda (yuqoridagi) biz Galaxy Z Fold raqibining orqa tomonida yumaloq kamera oroli va uning ichida uchta kamera sensorlari borligini ko'rishimiz mumkin. Aytish kerakki, bu qurilmadagi 5 ta kameralarning uchtasi bo'lib, qolganlari ikkita selfi kameralar bo'ladi.

Garchi buklamafon taqdimotiga hali bir haftacha bor bo'lsa ham, Internetda uning qo'ldagi jonli videosi allaqachon tarqalib ulgurdi.

Videoda Phantom V Fold buklamafonining to'liq dizayni bilan tanishishingiz mumkin. Galaxy Z Fold'dan farqli o'laroq, Phantom V Fold yopilganida uning oshiq-moshig'i orasida deyarli bo'sh joy qolmaydi, ya'ni u to'liq yopiladi. Shuningdek, e'tibor berib qaralsa, yon tomondagi smartfonni Yoqish tugmasi barmoq izini aniqlash skaneri bilan integratsiyalashganini sezish mumkin. Video oxirida esa qurilmaning orqa tomoniga chiziqli naqshlari e'tiboringizni tortadi.

Kompaniya rasman Phantom V Fold buklamafoni Dimensity 9000+ bilan jihozlanishini tasdiqlagan. Aytish kerakki, ushbu chipdan yaqinda Oppo Find N2 Flip buklanadigan smartfonida ham foydalanilgan edi.

Tecno Phantom V Fold rasman fevral oyi oxirida bo'lib o'tadigan MWC tadbirida taqdim qilinadi.

O'QING: 2023-yil yanvar oyiga ko‘ra eng yaxshi ishlaydigan smartfonlar o‘ntaligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!