Teleboshqaruv suvosti apparati qadimiy kema halokati izlarini topdi

  •   Saroy
  •  602
  •  25.10.2018 11:59

Teleboshqaruv suvosti apparati qadimiy kema halokati izlarini topdi

Hali hech kim tegmagan qadimiy yunonlar kemasi Qora dengiz tubidan topildi. Ushbu kema bundan taxminan 2400 yil burun cho‘kib ketgan.

Halokatga uchragan kemani Bolgariya qirg‘oqlariga yaqin joydan taxminan 2000 metr chuqurlikdan topishdi. Qora dengizning bu qadar chuqur tubida suv tarkibida qariyb kislorod bo‘lmaydi. Bu esa yog‘ochlarni parchalanib ketishdan himoya qiladi. Shu bois kema bus-butun saqlangan.

Topilma o‘zining tuzilishiga ko‘ra, eramizdan avvalgi  480 yilda yasalgan antik vazada aks ettirilgan kema tasviriga o‘xshaydi. Ushbu vaza hozirda Britaniya muzeyida saqlanmoqda. Uzunligi taxminan 23 metr keladigan ushbu kema eng qadimiy kema halokatining guvohi sifatida tan olindi. Uni ikkita boshqaruvchisiz harakat qiladigan suvosti apparati topdi. Apparat maxsus kabel yordamida boshqarilgan. Apparatlar kemaning uch o‘lchamli tasvirini chizdi va korpusidan  namuna ham olib chiqdi.

O‘QING: Tokioda politsiyachi dron dronlarni “ovlayapti”

Noyob kashfiyot mana shu yuqori texnologiyalar asosida yaratilgan ROV apparati yordamida amalga oshirildi

«Bus-butun, hech kim tegmagan, qariyb ikki kilometrlik suv qatlami ostida yotgan ushbu antik davri kemasi barchamiz uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi, deydi tadqiqot rahbari Jon Adams. Ushbu topilma antik dunyodagi kema qurilishi va dengiz safarlari haqidagi qarashlarimizni butunlay o‘zgartirib yuboradi». Mutaxassislar kemaning ichini va olib chiqilgan yukni hali tekshirib ko‘rishmadi.Tadqiqot hozircha  19,5 million dollarga tushgan va keyingi tadqiqotlar uchun bundanda ko‘proq harajat talab qilmoqda.

O‘QING: Dronlar insonga yordamchimi yoki..?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!