Telegram bormi? «Jamoatchilik fikri» kanalidagi so‘rovlarda fikringizni ifodalang!

  •   DiMaX
  •  844
  •  07.06.2019 08:40

Telegram bormi? «Jamoatchilik fikri» kanalidagi so‘rovlarda fikringizni ifodalang!

«Yuksalish» umummilliy harakati fuqarolar, biznes hamjamiyati, xorijdagi vatandoshlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikrlar va takliflarini o‘rganib keladi. Shu maqsadda u Telegram tarmog‘ida «Jamoatchilik fikri» (https://t.me/fikruzb) kanalini ishga tushirdi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Ushbu kanal orqali O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar, shuningdek keng jamoatchilikning qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikri so‘rovlari o‘tkazib boriladi.

Takliflar, so‘rovnoma mavzulari hamda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar «Yuksalish» umummilliy harakatining Telegram-boti – @yuksalishuzb_bot orqali qabul qilinadi.

Ayni kunlarda «Jamoatchilik fikri» kanalining so‘nggi so‘rovnomasi oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishdagi davlat test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirish uchun maktab va litseylarda beriladigan bilimning o‘zi yetarli yoki yo‘qligi haqidadir. Kanalning yuqorisiga biriktirib qo‘yilgan postdagi so‘rovnoma esa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska bo‘yicha o‘rnatilgan tartibga bag‘ishlangan.

O‘QING: RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.