Telegram ichida veb-saytlar

Telegram ichida veb-saytlar

Telegram messenjerining navbatdagi yangilanishida veb-botlar xususiyati qo‘shilishi va ular foydalanuvchilarga ilovadan chiqmasdan uchinchi tomon veb-saytlarini ochish imkonini berishi ma’lum bo‘ldi. Endilikda, Telegram'ning so‘nggi beta versiyasida "Durger King" nomli o‘ylab topilgan oziq-ovqat yetkazib berish xizmatining veb-boti sinalayotgani ma’lum bo‘ldi.


Foydalanuvchilar Durger King veb-botiga kirganlarida turli xil tez tayyorlanadigan taomlarning chiroyli animatsiyalangan menyusini ko‘radilar va u yerda o‘zlariga kerakli ovqatlarni bir nechta tugmalarni bosish bilan tanlab, xohishlariga ko‘ra buyurtmaga izoh ham qoldira oladilar. Buyurtma tanlanganidan keyin uning to‘lovini ham messenjer ichida Google Pay yoki boshqa qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov tizimi orqali to‘lashlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Telegram'ning yangi versiyasida bizni nimalar kutmoqda?