Telegram yangilandi: Android-smartfonlar va ayfonlar uchun zo‘r imkoniyatlar!

  •   DiMaX
  •  4139
  •  03.01.2020 16:28

Telegram yangilandi: Android-smartfonlar va ayfonlar uchun zo‘r imkoniyatlar!

Yurtimizda eng ommalashgan messenjerlardan biri – Telegram o‘zining Android hamda iOS tizimlariga mo‘ljallangan kliyentlarini yangiladi. Yangilangan ilovalarda foydalanuvchilarga bir qator imkoniyatlar taqdim etilgan.

O‘QING: Telegram-kanalingiz bormi? Yangi yil sovg‘asini oling!

Telegram’ni yangilab olgach, siz ilovaning barcha elementlari uchun ranglarni o‘zingiz tanlashingiz mumkin. Shuningdek, interfeys rang mavzularini boshqa foydalanuvchilariga ulasha olasiz ham.

Messenjerda yangi paydo bo‘lgan Send When Online funksiyasini ham alohida ta’kidlab o‘tsak arziydi. Uning yordamida foydalanuvchiga faqat u onlayn bo‘lgan paytidagina xabar yuborish mumkin bo‘ladi. Faqat bu funksiyadan foydalanishingiz uchun, sizda o‘sha kontaktning onlayn ekanligini ko‘rish ruxsati bo‘lishi lozim.

Shunday qilib, Telegram’ning yangilangan versiyalarida quyidagi o‘ziga xosliklar qo‘shilgan (ayrimlari faqat bitta platforma uchun joriy etilgan – quyida ular qavsda ko‘rsatilgan):

  1. Xaritadagi joylashuvga shunchaki teginib, uning koordinatlarini ulashish mumkin. Ya’ni, aynan o‘zingiz turgan nuqtaning lokatsiyani emas, balki boshqa biror joyning koordinatlarini ham yubora olasiz.

  1. Telegram’dagi qidiruv natijalarini ro‘yxat shaklida ko‘rish mumkin.
  2. Messenjer endi podkastlar va audiokitoblarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Davomiyligi 20 daqiqadan kam bo‘lmagan audiofayllar o‘z-o‘zidan podkast hisoblanadi, audiolarning yangrashini ikki baravar tezlashtirish rejimi bor.
  3. Tungi rejimni menyu ekranidagi tugmacha yordamida tezda yoqish/o‘chirish mumkin.
  4. Xaritalar tungi rejimda avtomatik tarzda to‘qrang tusga kiradi (Android).

O‘QING: Telegram’da o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘luvchi rasm yoki video jo‘natamiz

  1. Yangi animatsiyalar joriy etilgan (Android).
  2. Biror xabarni butunicha emas, balki uning bir qismini belgilab olib ham nusxalash mumkin (iOS’da bor edi, Android-kliyentga ham qo‘shildi).
  3. Xabarni bir vaqtning o‘zida bir necha kishini belgilab olib jo‘natish mumkin (Android).
  4. Arxivdagi barcha chatlarni o‘qilgan tarzida belgilash imkoni bor (Android).
  5. Videoning sifatini tanlash tizimi hamda kontaktlarni uzatish ekrani qayta ishlangan (Android).
  6. Ilovadagi barcha matnlarning o‘lchamini sozlash mumkin (iOS).

Shu va boshqa yangi imkoniyatlardan bahla olish uchun, yangilangan Telegram ilovasini Android-smartfonlarga ushbu, Apple mobil qurilmalariga esa mana bu havolalar orqali yuklab olish lozim.

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!