Telegram yangiliklar lentasi

Telegram yangiliklar lentasi

Telegram'ning iOS uchun repozitorida topilgan ma'lumotlarga ko'ra, ilovaga yangiliklar lentasi xususiyati qo'shilayotgani ma'lum bo'ldi. Hozirda messenjerda allaqachon bunga o'xshash xususiyat mavjud, ya'ni, foydalanuvchilar bir kanaldagi yangilikni o'qib bo'lganlaridan keyin svayp qilish bilan keyingi xabari o'qilmagan kanalga o'tishlari mumkin, shuningdek, ilovada o'qilmagan xabarlar papkasini ham yaratsa ham bo'ladi, lekin barcha kanallar xabarlarini bir joyda ko'rish foydalanuvchilar uchun yanada qulaylik yaratadi.

Dizayner tomonidan yaratilgan konsept videoga ko'ra, foydalanuvchilar o'zlari xohlagan kanalni yangiliklar lentasiga qo'sha oladilar. Lenta alohida chat ko'rinishida bo'ladi va shu bilan birga uni Telegram asosiy menyusidan ham topish mumkin.

Bundan tashqari videodagi kanallar profil avatarida xuddi Instagram'nikidek Stories halqasini ko'rish mumkin, lekin messenjerga bunday o'zgarish kiritiladimi yoki yo'q bu hozircha noma'lum.

Avvalroq, Telegram'ga pullik akkauntlar, profil uchun avatar yaratuvchi va kanal boshqaruvchilari uchun qo'shimcha funksiyalar qo'shilayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: Telegram pullik akkauntlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!