Terabayt Daily: Xitoyda kam sotilayotgan iPhone, milliard dollar zarar ko‘rgan Sony, Android’da grafik kalitni blokdan chiqarish usuli, o‘zi fokuslanadigan ko‘zoynak va boshqalar

Terabayt Daily: Xitoyda kam sotilayotgan iPhone, milliard dollar zarar ko‘rgan Sony, Android’da grafik kalitni blokdan chiqarish usuli, o‘zi fokuslanadigan ko‘zoynak va boshqalar

Kunning muhim va qiziqarli xabarlari bilan tanishing:

iPhone Xitoydagi eng ko‘p sotiladigan smartfon nomini boy berdi

Counterpoint Research kompaniyasining 2016 yilga bag‘ishlangan tahlillariga ko‘ra, iPhone so‘nggi besh yil ichida birinchi marta Xitoydagi eng ko‘p sotiladigan smartfon nomini boy bergan. >> Batafsil

 Sony DVD’ga bo‘lgan talabning tushishi sababli 1 mlrd dollar zarar ko‘rdi

Jahonda onlayn video servislar ommalashgani tufayli DVD qurilma va disklarga bo‘lgan talabning tushishi natijasida Sony kompaniyasi 2016 yilda 1 mlrd dollar atrofida moliyaviy zarar ko‘rgan. >> Batafsil  

Android’da grafik kalitni blokdan chiqaramiz

Mazkur tizimdagi qurilmalarni grafik kalit orqali qulflab qo‘yib, kalitini o‘zingiz unutgan bo‘lsangiz, uni ochish uchun bir necha marta noto‘g‘ri kalit kiritganingizdan so‘ng bloklanib qoladi. Shunday hollarda uni qay yo‘l bilan blokdan chiqarish masalasiga quyida to‘xtalamiz. >> Batafsil 

Amerikalik professor o‘zi fokuslanadigan ko‘zoynak yaratdi

AQShning Yuta shtatidagi universitetlardan birida ishlaydigan eliik yoshli professor Karlos Mastranjelo foydalanuvchi nigoh tashlagan tomonga qarab fokusni o‘zgartira oladigan aqlli ko‘zoynakni yaratdi. >> Batafsil 

Android-qurilmaning modelini aniqlash

Keyingi paytlarda zamonaviy texnika vositalarini Xitoy internet-do‘konlaridan hamyonbop narxlarda xarid qilish hollari ko‘paydi. Android operatsion tizimida ishlaydigan arzon gadjetlar ko‘pincha uncha tanilmagan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilmoqda, bu esa ba’zan foydalanuvchilarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi.>> Batafsil

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!