TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra

TeraTavsif: Samsung Galaxy S22 Ultra

Bu yilgi Ultra model avvalgi modellardan ancha farq qildi. Galaxy S22 Ultra mahsuldorlikka yo‘naltirilgan stilus va kuchli kameralarni o‘zida birlashtira oldi. Qurilma dizayni esa avvalgi Note20 Ultra modeliga juda o‘xshaydi. 

O‘QING: Samsung Galaxy S22+ 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Yangi modeldagi stilus Note20 Ultra'dan olingan. O‘tgan yilgi S21 Ultra modeli ham stilusni qo‘llab-quvvatlar edi. Biroq unda stilus uchun uya yo‘q, uni qo‘shimcha mablag‘ evaziga sotib olish kerak edi. S22 Ultra esa haqiqiy Note'ga aylandi. 

Foto: GSMArena

Kameralarning texnik jihatlari avvalgi S21 modelini bilan bir xil. Smartfonga to‘rtta: asosiy, ultrakeng, telefoto hamda periskop kameralar o‘rnatilgan. 

S22 Ultra, shuningdek, yorqinlik darajasi yuqori bo‘lgan displey, eng so‘nggi Snapdragon va Exynos (hududga qarab) chipi, maksimal 1TB xotiraga ega bo‘ldi. 

Samsung Galaxy S22 Ultra'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 163.3x77.9x8.9mm, 228g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus+), orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus+), alyuminiy rom; IP68 suv va changdan himoya (1.5m chuqurlik 30 daqiqa). 

> Displey: 6.80 dyuymli Dynamic AMOLED 2X, 120 gerts, HDR10+, 1750 nit yorqinlik (maksimal), 1440x3088 piksel rezolyutsiya, 19.3:9 forma faktori, 500ppi zichlik. 

> Chipset: Exynos 2200 (4 nanometr) - Yevropa, Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nanometr) - Boshqa hududlar. 

> Xotira: 8/128GB, 12/256GB, 12/512GB, 12GB/1TB; UFS 3.1. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, One UI 4.1. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP, f/1.8, 23mm, 1/1.33“, 0.8µm, PDAF, Lazer AF, OIS; Ultrakeng: 12MP, f/2.2, 13mm, 120˚, 1/2.55“, 1.4µm, qo‘sh piksel PDAF, Super Steady video; Telefoto: 10MP, f/2.4, 70mm, 1/3.52“, 1.12µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS, 3x optik zum; Telefoto: 10MP, f/4.9, 230mm, 1/3.52“, 1.12µm, qo‘sh piksel PDAF, OIS, 10x optik zum. 

> Selfi kamera: 40MP, f/2.2, 26mm (keng), 1/2.82“, 0.7µm, PDAF. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 8K@24 kadr/sek, 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/240 kadr/sek, 720p@960 kadr/sek, HDR10+, stereo ovoz yozish, gyro-EIS; Selfi kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; 45 vatt quvvatlash texnologiyasi, USB Power Delivery 3.0, Fast Qi/PMA simsiz quvvatlanish 15 vatt, 4.5 vatt o‘zidan quvvat berish imkoniyati . 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (displey ostida, ultra tovushli); NFC; Samsung DeX, Samsung Wireless DeX, S Pen stilusi. 

Qadoq tarkibi 

Qurilma kichik qora rangli qutida bo‘ladi. Flagman smartfon qutisi ichida  faqatgina USB-C kabeli hamda SIM-karta ejektori chiqadi holos. 

Foto: GSMArena

Dizayn 

O‘tgan yilgi S21 bilan taqqoslaganda qurilmaning dizaynida bir qancha o‘zgarishlar bo‘lgan. Qirrali burchaklar bilan smartfon Note seriyasi modellariga o‘xshaydi. Qurilma taqdim etilishidan avval uning nomi hatto S22 Note bo‘lishi ham aytilgan edi, biroq yakunda ushbu taxminlar o‘zini oqlamadi. 

Foto: GSMArena

Haqiqatdan ham, S22 Ultra tashqi ko‘rinishidan Note20 Ultra'ga juda o‘xshash. Odatda S seriyasi smartfonlarining burchaklari qirrasiz egilgan bo‘lar edi. Lekin bu yilgi S22 Ultra'da bunday emas. 

Galaxy S22 va S22+ modellari ham biroz boshqacharoq dizaynda yaratildi. Tekkis yuza va romlar ularni ko‘proq iPhone modellariga o‘xshab qolishiga sabab bo‘lgan. Albatta, yuqori darajadagi S22 Ultra qayrilgan displey hamda katta 6.8 dyuymli AMOLED displeyi bilan seriyadagi qolgan smartfonlardan farq qiladi. 

Foto: GSMArena

Qurilma ikki tomondan Corning Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan himoyalangan. Ekran Note20 Ultra modelinikidan biroz kichikroq. S21 Ultra bilan taqqoslaganda esa forma faktor sabab S22 Ultra'ning ekran ko‘rish maydoni biroz kattaroq. 

Foto: GSMArena

Qurilma 228 gramm og‘irlikda. Ya’ni u Note20 Ultra'dan 20 grammga og‘irroq. Agar boshqa kompaniyalarning smartfonlari bilan taqqoslak, u biroz yengilroq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun, iPhone 13 Pro Max 240 g, Mi 11 Ultra esa 234 grammni tashkil qiladi. 

Smartfonning orqa paneli ham yangi Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan qoplangan. Panel matoviy qoplamni saqlab qolgan. Bu ayniqsa qora rangda ko‘zga juda yaxshi tashlanadi. 

Foto: GSMArena

Gadjet naq yetti xil rangda taqdim etilgan bo‘lib, ularning to‘rttasini riteylerlardan sotib olish mumkin bo‘lsa, qolgan rangdagi smartfonlarni esa ba’zi hududlardagi rasmiy Samsung do‘konidan sotib olsa bo‘ladi. Asosiy rang variantlar bu - Phantom White, Phantom Black, shuningdek, yangi Green va Burgundy (Note20 Ultra'ning Mystic Bronze rangli turiga o‘xshaydi) ranglar ham mavjud.

Foto: GSMArena

Eksklyuziv ranglar sirasiga Graphite, Red va Sky Blue ranglari kiradi. 

Foto: GSMArena

Galaxy S22 Ultra modelining kamera moduli qolgan Galaxy smartfonlariga o‘xshamaydi. Kamera modulida beshta alohida joylashgan halqalar bo‘lib, ular asosiy kamera, ultrakeng kamera, ikkita telefoto kamera hamda avtofokus uchun lazerdan iborat. Avvalgi S21 modeli ham xuddi shunday kameralarga ega edi. Birgina farq shundaki, eski modelning kamera moduli orqa paneldan bo‘rtib chiqib turar edi. 

Foto: GSMArena

Kameralar bir-biridan ajralib turganligi sabab qurilma hajmi biroz cho‘zildi. Yana bir o‘zgarish shundaki, S21 Ultra modelining ramkalari (Phantom Black) qora rangda edi. Phantom Black rangli S22 Ultra'ning romlari esa to‘q binafsha rangda. 

Foto: GSMArena

Qurilma romi Samsung Armor alyuminiy deb atagan materialdan ishlangan. Ushbu alyuminiydan Samsung'ning so‘nggi avlod buklamafonlarini ishlab chiqarishda ham foydalanilgan edi. Garchi bu eng mustahkam alyuminiy bo‘lsa ham, po‘lat kabi bardoshli emas. 

Smartfon romidagi quvvat hamda ovozni sozlash tugmalari okeandagi olinib, qayta ishlangan to‘rlardan ishlangan. 

Foto: GSMArena

Ekran ostida ultra tovushli barmoq izi skaneri joylashgan bo‘lib, u juda tez va aniq ishlaydi. O‘tgan yilgi modelnikiga qaraganda yangi modelning barmoq izi skaneri nisbatan tezroq ishlaydi. 

Foto: GSMArena

Pastki qismda SIM-karta sloti, USB-C porti, asosiy dinamik o‘rin olgan bo‘lsa, yuqori qismdan faqatgina ikkinchi mikrofon o‘rin olgan holos. 

Foto: GSMArena

Galaxy S22 Ultra'ning xotirasini microSD kartasi bilan kengaytirib bo‘lmaydi. Bu ko‘pchilik uchun normal holat. Ammo bazaviy xotira turi negadir 128GB ni tashkil qiladi. Bunday qimmat hamda flagman smartfon uchun eng kichik xotira 256GB bo‘lishi kerak edi. 

Qurilma IP68 suv va changdan himoya standartiga ega. U 1.5 metrlik suv ostida 30 daqiqa turishi mumkin. Apple'ning eng so‘nggi qurilmalari esa 6 metrlik chuqurlikda 30 daqiqa turishi mumkin. 

Smartfondagi 10.5 santimetrlik stilus uyasi ham suvdan himoyalangan. Avvalgi modellarda ham uchragan bo‘lsa-da, buni amalga oshirish oson jarayon bo‘lmasa kerak. 

S Pen 

Tarixda birinchi martda Galaxy S seriyasi smartfonining korpusida S Pen uchun uya yaratildi. Stilusning o‘lchamlari Note20 va Note20 Ultra'niki bilan bir xil. 

Foto: GSMArena

Note20 Ultra'dagi stilus lityum titanat batareyasi bilan jihozlangan edi. Yangi modeldagi stilusda ham xuddi shunday. S Pen smartfon bilan Bluetooth Low-Energy orqali bog‘lanadi, stilus shunchaki yozish uchungina qo‘llanilmaydi, u orqali bir necha funksiyasilarni bajarish mumkin. Bu aslida yangilik emas – bunday funksiyalar Note9 modelida debyut qilingan edi. 

Foto: GSMArena

Avvalgi modellarda stilus smartfonning chap tomonida bo‘lar edi. Lekin Note20 modellarida u o‘ng tomonga ko‘chib o‘tdi. S22 Ultra'da ham S Pen o‘ng tomonda joylashgan. 

Displey 

Yuqori darajadagi yorqinlik, HDR rezolyutsiya, adaptiv yangilanish chastota, S Pen'ni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati - bularning barchasi Dynamic AMOLED 2X displeyida mavjud. 

Foto: GSMArena

6.8 dyuymli displeyning ikki cheti yon tomonga qayrilgan. Ekran yuqorising markazidan selfi kamera o‘rin olgan. Samsung'ning ta’kidlashicha, ekran yorqinligi 1750 nitga borishi mumkin. 

Adaptiv yorqinlik rejim yoqilganda esa yorqinlik 1266 nitgacha yetdi. Bu iPhone 13 Pro Max ekranining yorqinligiga nisbatan 200 nitaga balandroq degani. S21 Ultra hamda Note20 Ultra'ning ekran yorqinligi esa 1000 nitni tashkil qilgan edi. 

Foto: GSMArena

Samsung o‘zining yangi Vision Booster funksiyasiga urg‘u bermoqda, bu displeyni yorqinligini yaxshiroq boshqarishga yordam beradi. 

Smartfon ko‘rsatilayotgan tasvirlarni tahlil qiladi va displeyga tushayotgan yorug‘lik miqdoridan kelib chiqib, rang effektlarini kuchaytiradi. 

Rang rejimlarida hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan, ya’ni Ultra modelida ham faqatgina Vivid va Natural rang rejimlar bor. Ekran avtomatik tarzda Vivid rejimida ishlaydi. 

Foto: GSMArena

S22 Ultra joriy kontentga qarab turli chastotalarga almashgan holda ishlaydi. Ekranga barmoq bilan tegilganda u 120 gerts chastotada ishlaydi. Agar ekranga tegilmasa, chastota 24 gertsga tushadi. O‘yinlar 120 gertsni qo‘llab-quvvatlaydi, videolar esa kadr tezligiga qarab sozlanadi. Misol uchun 24 kadr/sekund - 24 gerts, 30 kadr/sekunda - 30 gerts va hokazo. 

Android 12 tizimi Galaxy S22+ va S22 Ultra'dagi API'larni qo‘llab-quvvatlaydi, ularning panellari quyidagi rejimlardan birida yangilanishi mumkin: 10 grts, 24 gerts, 30 gerts, 48 gerts, 60 gerts, 96 gerts va 120 gerts. Samsung esa qurilma 1-120 gerts chastotada ishlashini ta’kidlab o‘tdi. 

Foto: GSMArena

O‘tkazilgan tekshiruvlarda ekran chastotasi 24 gertsda ishlashi qayd etilmadi. Biroq ekran 1 gerts chastotaga pasayganligi qayd etildi.

Akkumulyator avtonomligi 

Galaxy S22 Ultra smartfoni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi S21 Ultra bilan bir xil bo‘lsa, Note20 Ultra'ning akkumulyatori sig‘imidan 500 mAs ga ko‘proq. S Pen uchun smartfon korpusida tuynuk hosil bo‘lganiga qaramay, akkumulyator sig‘imi o‘zgarmaganligi ham quvonarli holat. 

Foto: GSMArena

Sinov vaqtida 60 gerts chastotada video ko‘rilganda akkumulyator avtonomlik vaqti 18 soatni tashkil etdi. Adaptiv rejimi yoqilganda esa ko‘rsatkichlarda hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. 

Wi-Fi orqali veb-sahifalarni kezishda akkumulyator quvvati Adaptiv rejimda 17 soatgacha yetdi, bunda smartfon 120 va 24 gerts chastotalarga almashgan holda ishladi. 60 Gts yangilanish chastotada ega standart rejim bu vaqtni ikki soatga oshirdi (18 soat 55 daqiqa). 

Ovozli qo‘ng‘iroqlarda esa smartfon quvvati 32 soatgacha yetdi. Bu juda yaxshi natija. Umumiy olganda, Galaxy S22 Ultra'ning akkumulyator avtonomligi 108 soatni tashkil etdi. 

Foto: GSMArena

Yuqoridagi barcha sinovlarda displeyning eng yuqori rezolyutsiyasidan (1440x3088 piksel) foydalaniladi. Demak, qurilmada internetdan foydalanganda avtonomlik vaqti 17 soat 59 daqiqa (adaptiv 120-24 gerts), video ko‘rilganda 18 soat 32 daqiqani (standart 60 gerts) tashkil etdi.

Quvvatlanish tezligi 

Samsung o‘z smartfonlarini yuqori quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlashga shoshmayapti. Bir necha yil oldin Galaxy Note10+ va S20 Ultra modellari 45 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lgan edi. Biroq 45 vattlik o‘zgarish 25 vatt bilan taqqoslaganda hech qanday ijobiy o‘zgarishga sabab bo‘lmagan. Shundan beri Samsung 45 vatt quvvatlash texnologiyasidan foydalanmay kelayotgan edi. 

Biroq yangi S22+ va S22 Ultra modellariga 45 vattlik quvvatlash texnologiyasi qaytdi. Albatta, avvalgi muammoli vaziyat bo‘lmaydi deb umid bildirilgan edi, lekin bunday bo‘lmadi. 

30 daqiqalik quvvatlanishdan so‘ng smartfon 25 vattda ham 45 vattda ham bir xil natijani ko‘rsatdi. 

Skrinshot: GSMArena

Smartfon eski 45 vattlik EP-TA845 quvvatlash adapteri bilan zaryadlandi. Yangi EP-T4510 adapteri esa hali sotuvga chiqmadi. Balki yangi quvvatlash moslamasi ushbu muammoga barham berar. 

Qurilma 30 daqiqada 60% quvvat oldi. To‘liq quvvatlanish uchun esa bir soat vaqt sarfladi. Bu unchalik yomon natija emas. Chunki iPhone 13 Pro Max hamda Google Pixel 6 Pro to‘liq quvvatlanish uchun bundan-da ko‘proq vaqt sarflaydi. Qolaversa, bu o‘tgan yilgi S21 Ultra qayd etgan natijadan ko‘ra yaxshiroq. 

Skrinshot: GSMArena

Shunday bo‘lsa-da, ayrim kompaniyalar flagmanlarinining to‘liq zaryadlanish uchun ketgan vaqti S22 Ultra sarflagan vaqting yarmini ham tashkil etmasligini ta’kidlab o‘tish zarur. 

S22 Ultra simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. WPC ma’lumotlar bazasi ro‘yxatiga ko‘ra, smartfon 4.4 vattda simsiz quvvat oladi.

Agar Samsung kompaniyasining Super Fast Wireless Charger va Super Fast Wireless Charger Duo simsiz quvvatlagichlaridan foydalanilsa, u 15 vattgacha quvvat olishi mumkin. Ba’zi uchinchi tomon zaryadlash qurilmari ham 4,4 vattdan ko‘proq quvvat yetkazib beradi. Shuningdek, smartfon o‘zidan simsiz ham quvvat bera oladi. 

Dinamik sifati 

Galaxy S22 Ultra stereo dinamikka ega. Asosiy dinamik qurilmaning pastki qismida, ikkinchi dinamik esa displeyning yuqorida joylashgan. 

Skrinshot: GSMArena

Ovoz balandlik darajasi unchalik yuqori emas. O‘tgan yilgi S21 Ultra hamda bu yilgi S22+ modellarining dinamiklari S22 Ultra'ga nisbatan balandroq tovush chiqaradi. Hatto raqobatchi iPhone 13 Pro Max va Xiaomi 11 Ultra smartfonlari ham S22 Ultra'ga qaragan yuqori ovozni taqdim etuvchi dinamiklarga ega. 

O‘QING: Galaxy S22+ hamda S22 Ultra'ning 45 vattda quvvat olishi yolg‘onmi? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!