Tesla'ni sindirish oson emas!

Tesla'ni sindirish oson emas!

Tesla bosh direktori Ilon Maskning o‘z Twitter sahifasida aytishicha, global ta’minot zanjiri muammolari va Tesla'ning Shanxaydagi zavodining qisqa muddat yopilgani bilan 2022-yil birinchi choragi "o‘ta og‘ir" bo‘lganiga qaramay, kompaniya yanvar-mart oylarida 310 048 ta avtomobil yetkazib bergan deya xabar bermoqda The Verge nashri CNBC bergan ma’lumotlarga tayanib.

Tesla matbuot xizmatining xabar berishicha, Tesla Model 3/Y elektromobillaridan 295,324 ta, Model S/X dan esa 14,724 ta yetkazib berilgan. Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yilning xuddi shu birinchi choragida yetkazib berilgan (184 800 ta) Tesla elektromobillaridan, bu yil birinchi choragida yetkazib berilgan elektromobillar soni 68 foizga o‘sgan.

O‘tgan oy Tesla o‘zining Shanxaydagi zavodini Covid-19 virusi ko‘payib ketganidan keyin ikki kunga yopgan edi. O‘tgan hafta esa butun Shanxay shahrining lokdaunga tushishi sababli kompaniya yana zavodni yopishga majbur bo‘lgan. Shanxay zavodi kompaniyaning eng yirik zavodi bo‘lib, u yerda Model 3 va Model Y modellarini ishlab chiqarilar edi.

Tesla yaqinda Germaniyaning Berlin shahrida o‘zining Yevropadagi birinchi zavodini ochdi va 7 aprel kuni esa Texasdagi gigafabrikasining tantanali ochilish marosimini o‘tkazadi. Bular kompaniyaga Shanxay zavodi ishlab chiqarish muammolarini bartaraf etishga yordam beradi.

O‘QING: Starlink O‘zbekistonga ham keladimi?