TEST: 2019 yilgi smartfonlardan qay birining ovozi eng zo‘r?

  •   DiMaX
  •  1945
  •  10.01.2020 12:49

TEST: 2019 yilgi smartfonlardan qay birining ovozi eng zo‘r?

PhoneArena resursi o‘tgan yili taqdim etilgan oltita flagman smartfonning dinamiklarini «ko‘r-ko‘rona» test usulida tekshirib ko‘rdi. Shu tariqa, musiqa tinglash uchun ularning qay biri eng yaxshi ekanligiga oydinlik kiritildi.

O‘QING: "Okey gugl", "Eng yaxshi ovozli yordamchi qaysi"?

Mazkur sinovda iPhone 11 Pro Max, Samsung Galaxy Note 10+, OnePlus 7T Pro, LG G8X, Google Pixel 4 XL hamda Asus ROG Phone II modellari ishtirok etgan. Tajribachilar ularning xotiralariga bir xil o‘nta qo‘shiqni yuklab olib, o‘n besh nafar kishiga barchasini eshittirib ko‘rishgan. Bunda qatnashchilarga smartfon modeli ma’lum qilinmasdan, har bir qo‘shiqning har bir smartfonda maksimal ovozda eshittirishgan va ularni o‘n ballik tizimda baholashni so‘rashgan.

Mana, tinglovchilar bergan baholar asosida shakllantirilgan reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

Ya’ni, ovoz yangrash sifati bo‘yicha o‘tkazilgan «ko‘r-ko‘rona» test g‘olibi Google Pixel 4 XL bo‘lib chiqqan. Eng qizig‘i shundaki, DxOMark professional baholash servisining ovoz sifati bo‘yicha reytingida bu smartfon atigi beshinchi o‘rinni olgan!

O‘QING: Google Pixel 4 hamda Pixel 4 XL: Betakror funksiyalar va yangi dizayn, lekin narxi... (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!