Testga telefon olib bormang – 1-smenadayoq 37 nafar abituriyent chetlashtirildi!

  •   DiMaX
  •  388
  •  02.09.2020 18:37

Testga telefon olib bormang – 1-smenadayoq 37 nafar abituriyent chetlashtirildi!

Bugun – 2 sentyabr kuni AOKAda brifing bo‘lib o‘tdi. Unda test sinovlarining 1-kuni 1-smenasidagi holat bo‘yicha DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lumot berdi.

O‘QING: Imtihonlar o‘tadigan joylarning manzillari yangilangan ImtihonGo ilovasini yuklab oling!

Ma’lum qilinishicha, bugun test sinovlari 1-smenasida 59250 nafar abituriyent test topshirishi rejalashtirilgan edi. Shundan 55767 nafari ishtirok etdi. 3474 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra testga kelmadi.

Bir nafar abituriyentning tana harorati baland bo‘lganligi uchun testga kiritilmadi va dalolatnoma tuzildi.

8 nafar abituriyent kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi. Xususan, ularning 4 nafari telefon, 1 nafari «shpargalka», 2 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan, 1 nafari hujjatni soxtalashtirgani uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlari jarayonlarida tartib-qoidani buzganligi uchun 29 nafar abituriyent testdan chetlashtirildi. Jumladan, ularning 26 nafari telefon va boshqa turli elektron vositalardan foydalangani uchun, 1 nafari shpargalka, 1 nafari kalkulyator va 1 nafari soxta hujjat bilan testga kirgani uchun chetlashtirildi.

O‘QING: «Talaba» tarif rejasini qarshi oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!