Tez kunlarda O‘zbekistonda: MDC M5 – hamyonbop 4G-smartfon!

  •   DiMaX
  •  2099
  •  21.01.2019 17:02

Tez kunlarda O‘zbekistonda: MDC M5 – hamyonbop 4G-smartfon!

2018 yilning boshida yurtimiz bozoriga kirib kelgan MDC brendi bir qator telefonlari bilan tanilib ulgurgan. Ushbu kompaniya tez orada MDC M5 nomi ostidagi yana bir hamyonbop, metall korpusli, yirik displey bilan jihozlangan smartfonni sotuvga chiqaradi.

O‘QING: Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

MDC M5 smartfoniga 4 yadroli Mediatek MT6739 protsessori o‘rnatilgan. Qurilma O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlarining 4G tarmoqlarida ishlaydi, unga 2 ta SIM-karta joylash mumkin. Xotirasi 2/16 gigabayt, unga yana qo‘shimcha tarzda 64 gigabaytgacha bo‘lgan MicroSD kartasi o‘rnatsa bo‘ladi. Smartfon Android 8.1 Oreo operatsion tizimida ishlaydi, u 5.7 dyuymlik HD+ (1440x720 piksel) aniqligidagi, tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatli IPS ekran bilan jihozlangan.

Asosiy kamera 13 + 0.3 megapiksellik aniqlikdagi qo‘sh moduldan tashkil topgan, unga LED-chaqnoq o‘rnatilgan va avtofokus ko‘zda tutilgan. Old kamera aniqligi esa 5 megapiksellik. Ushbu modelda ham shaxsiy ma’lumotlaringizni himoyalash uchun an’anaviy kod-parollardan tashqari barmoq izi skaneri hamda Face-Lock funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Smartfon korpusi metalldan ishlangan, bu esa uning tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshiradi. Akkumulyatorning tok sig‘imi 3300 mA/soat ekanligini hisobga olsak, qurilmadan kun davomida bemalol faol tarzda foydalanish mumkin.

MDC M5 modeli O‘zbekiston bozorida 800 ming so‘m atrofida, tillarang va qora tusli korpuslarda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Va asosiysi – har doimgidek, MDC brendi o‘zining barcha qurilmalari qatori, ushbu yangi smartfoniga ham 1 yillik rasmiy kafolat taqdim qiladi!

O‘QING: Barcha modellardagi hamyonbop MDC smartfonlari yanada arzonlashdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.