Tianma kompaniyasi Galaxy Fold’nikidan ham zo‘r buklama displey yaratdi!

  •   DiMaX
  •  662
  •  31.05.2019 11:22

Tianma kompaniyasi Galaxy Fold’nikidan ham zo‘r buklama displey yaratdi!

Computex 2019 ko‘rgazmasida bittagina xitoylik displeysoz qatnashgan. Bu – ekranlar ishlab chiqaruvchi eng yirik Tianma kompaniyasidir.

O‘QING: Samsung’ning «orqasidan pichoq urishdi»: «milliy boylik»ni xitoyliklarga sotgan to‘qqiz kishiga jinoiy ish ochildi!

Lekin shu bittagina kompaniya ham «Osmon osti saltanati»ning bu tadbirda obro‘ olishiga yetarli bo‘ldi. Tianma unda diagonaliga 7,4 dyuymlik bukiluvchan displeyini namoyish etdi.

WQHD AMOLED displeyning bukilish radiusi 3 millimetrni, egish burchagi esa 0–180 darajani tashkil etadi. Modulning qalinligi 0,25 millimetrdan ham kam, tomonlari esa o‘zaro 21:9 nisbatida. janubiy koreyaliklarning Galaxy Fold smartfonida bo‘lgani kabi, ushbu ekran ham ichkari tomoniga buklanadi.

Bukiluvchi qismi shishadan emas, balki plastikdan ishlangani evaziga, bu displey yanada qayishqoqdir. Ayni shu material ekranning yanada yupqa va ixchamroq bo‘lishiga ham yordam bergan. Displeyning tasvir aniqligi 3360x1440 piksellik bo‘lib, atrofidagi romi ham ensiz – atigi 0,9 millimetrga teng.

Qayishqoq displeylar bozoriga Tianma’ning ham kirib kelishi buklama smartfonlar yaratuvchilar uchun tanlash imkoniyatini yanada kengaytiradi. Tabiiyki, bu raqobat narxga ham ta’sir etadi. Xabarga ko‘ra, xitoylik displeysozning bukiluvchi ekrani o‘rnatilgan ilk smartfonlar 2020 yilning birinchi yarmida bozorga chiqadi.

O‘QING: Lenovo dunyodagi ilk qayishqoq ekranli noutbuk – ThinkPad X1’ni namoyish etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!