TikTok endi smart-televizorlarda ham ishlaydi!

  •   DiMaX
  •  305
  •  05.02.2021 10:56

TikTok endi smart-televizorlarda ham ishlaydi!

Dunyo bo‘yicha tobora ommalashib borayotgan TikTok ijtimoiy tarmog‘i ilovasining yangi versiyasi chiqdi. Ushbu dasturiy ta’minot mahsuloti aqlli televizorlarda ham ishlashga moslashtirilgan.

O‘QING: TikTok manguga bloklandi

TikTok for Android TV nomli dastur Play Store katalogiga joylashtirilgan bo‘lib, uni Google TV hamda Android TV tizimli televizorlarga o‘rnatish va qisqa roliklarni katta ekranda tomosha qilish mumkin.

Smartfon yoki planshetdagi TikTok ilovasining barcha funksiyalari televizorlarda ham ishlaydi. Unda o‘z akkauntiga kirish, yangiliklar tasmasini varaqlash, tavsiya etilgan kontentni va layklar sonini ko‘rish mumkin. Boshqarish uchun televizorning pultidan foydalaniladi.

Ushbu yangi talqindagi ilova hozircha ayrim mamlakatlarda ishlamoqda, kelajakda uning barcha hududlardagi foydalanuvchilar uchun tarqatishsa kerak.

O‘QING: Universitetda TikTok fakulteti ochilishi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!