To‘liq ro‘yxat: Apple devayslariga iOS 11.4 talqini bilan qo‘shilgan imkoniyatlar

  •   DiMaX
  •  1034
  •  30.05.2018 15:08

To‘liq ro‘yxat: Apple devayslariga iOS 11.4 talqini bilan qo‘shilgan imkoniyatlar

Kupertinolik texnogigant o‘z mahsulotlari uchun asosiy dasturiy ta’minot – operatsion tizimni ham o‘zi ishlab chiqishi hamda uning himoyasi mustahkamligi bilan tanilgan. Jumladan, 4 iyunda boshlanadigan WWDC 2018 anjumanida u iOS 12 operatsion tizim talqinini taqdim etmoqchi.

O‘QING: Nihoyat, Apple rasman iPhone SE 2 va boshqa gadjetlar taqdimotiga taklifnoma tarqatdi!

Shunday bo‘lsa-da, ungacha ham «tishlangan olmali» korporatsiya o‘z operatsion tizimini iOS 11.4 talqinigacha yangiladi. Ushbu yangi talqinda Apple gadjetlari uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan. Ularning ro‘yxati quyidagicha:

  1. iMessage’dagi xabarlar endi foydalanuvchining barcha Apple qurilmalari – smartfon, planshet, pleyer va kompyuter orasida o‘zaro sinxronlashadi. Buning uchun ularning barchasiga operatsion tizimning so‘nggi talqini o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bundan keyin xabarlar mahalliy saqlagichda – qurilma xotirasida emas, balki «bulut»da – Apple servisida saqlanadi. Shuningdek, ular ikki tomonlama kriptografiya tizimi bilan shifrlanadi.
  2. Yangi talqin AirPlay 2 texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur texnologiya bir nechta simsiz akustika tizimlaridan multirum tizimini yaratish va butun uydagi musiqani boshqarish imkonini beradi.
  3. HomePod kolonkasi endi multirum tizimini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, endi ularning ikkitasi stereo-juftlik tashkil etib, bitta kolonkadan ko‘ra balandroq va sifatliroq jarang socha oladi.
  4. HomePod’ga o‘rnatilgan Siri yordamchisi endi kalendarga voqealarni qo‘shishi va rejalashtirilgan tadbirlarni foydalanuvchiga eslatishi mumkin.
  5. Operatsion tizimdagi va unda boshidan o‘rnatilgan ilovalardagi mayda nuqsonlar bartaraf etilgan.

Hali kechagina – 29 may sanasida taqdim etilgan iOS 11.4 talqinini o‘rnatib olish mumkin bo‘lgan Apple devayslari rusumlari esa mana bu maqolamizda ko‘rsatilgan.

O‘QING: iPhone egalari bir necha yildan beri kutayotgan imkoniyatlar keyingi haftadayoq iOS 12’da taqdim etiladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.