TOP-10: AnTuTu talqinida martdagi eng zo‘r Android-smartfonlar

  •   DiMaX
  •  1487
  •  18.04.2018 18:41

TOP-10: AnTuTu talqinida martdagi eng zo‘r Android-smartfonlar

AnTuTu kompaniyasi har oyda samaradorligi eng yuqori bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qiladi. Bu reytingni shakllantirishda ushbu servis benchmarkida sinab ko‘rilgan qurilmalarning ko‘rsatkichlari asos sifatida olinadi.

O‘tgan galgi – fevral oyidagi reytingda dastlabki uchta o‘rinni Huawei kompaniyasining smartfonlari egallagan edi. Ammo ko‘plab yangi smartfon modellari bozorga chiqqani sababli mart oyida umumiy vaziyat ancha o‘zgardi.

O‘QING: Eng kuchli Android-smartfonlar (fevral bo‘yicha AnTuTu talqini)

Taniqli benchmark servisidagi natijalarga ko‘ra mazkur kompaniya yangi reytingni taqdim etdi. Unga ko‘ra, mart oyining eng qudratli Android-smartfonlari janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy S9+ hamda Galaxy S9 (Snapdragon 845 chipli) modellari bo‘lib chiqdi. Mazkur ikki flagman testlarda tegishlicha 264402 va 263754 ball to‘plashgan.

Ular ortidan esa dunyoning uchinchi raqamli smartfonsozining flagmanlari – Huawei Mate 10 hamda Mate 10 Pro modellari kelayotir. Bu ikkalovi hamda kuchli beshlikni yakunlab bergan Honor V10 smartfoni Kirin 970 protsessori bazasida ishlaydi.

Navbatdagi pog‘onalarni Snapdragon 835 chipi bazasidagi OnePlus 5/5T telefonlari, keyingi o‘rinlarni esa Nubia Z17/Z17s modellari egallagan. Top-o‘ntalikni Xiaomi Mi 6 flagmani tugallab bergan.

Umuman olganda, mazkur reyting natijalari shunaqa bo‘lishi oldindan ma’lum edi. Zero, hali yaqinda rasman namoyish etilgan Huawei P20 va P20 Pro, shuningdek Xiaomi Mi MIX 2s modellari benchmark reytingiga kirib ulgurmagan. Demak, keyingi oyda maydonga yangi flagmanlar kirib keladi va jang qizg‘in bo‘ladi.

O‘QING: Yangi rekord: yilning eng tezkor smartfoni AnTuTu’da 356 918 ball to‘pladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!