TOP-20: Eng yomon parollar reytingi bilan tanishing! (2019 yil aprel)

  •   DiMaX
  •  3587
  •  22.04.2019 12:22

TOP-20: Eng yomon parollar reytingi bilan tanishing! (2019 yil aprel)

Turli internet-servislarda shaxsimizni tasdiqlash, o‘z ma’lumotlarimizni himoyalash maqsadida parollardan foydalanamiz, ammo ularning xavfsizligi masalasiga ko‘pchilik e’tibor qilmaydi. Masalan, Terabayt.uz’da 2016 yilgi, 2017 yildagi va 2018 yilgi eng sodda hamda ahmoqona parollarning ro‘yxatlari e’lon qilingan.

O‘QING: Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Buyuk Britaniyaning Milliy kiberxavfsizlik markazi shu kunlardagi eng ommabop parollar yigirmataligini e’lon qildi. Mazkur tadqiqot uchun haveibeenpwned.com sayti muallifi Troy Hunt ma’lumotlaridan foydalanilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng keng tarqalgan parol «123456» bo‘lib, naq 23,2 millionta akkaunt egasi shundan foydalanar ekan!

Aytish kerakki, mazkur saytda barcha «sizib chiqqan», xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan login va parollar haqida ma’lumotlar to‘plab boriladi. Istalgan foydalanuvchi unga kirib, o‘z elektron pochtasining hamda parolining ishonchlilik darajasini tekshirishi mumkin.

O‘QING: Xakerlar o‘g‘irlagan parollar orasida mening parolim bor-yo‘qligini qanday aniqlash mumkin?

Xullasi kalom, dunyo bo‘ylab eng keng tarqalgan parollarni hamda ulardan foydalanayotgan akkauntlar sonini quyidagi ro‘yxatda ko‘ramiz:

  1. 123456 – 23,2 million
  2. 123456789 – 7,7 million
  3. qwerty – 3,8 million
  4. password (inglizchada «parol» degani) – 3,6 million
  5. 11111111 – 3,1 million
  6. 12345678 – 2,9 million
  7. abc123 – 2,8 million
  8. 1234567 – 2,5 million
  9. password1 – 2,4 million
  10. 12345 – 2,3 million
  11. 1234567890 – 2,2 million
  12. 123123 – 2,2 million
  13. 000000 – 1,9 million
  14. iloveyou – 1,6 million
  15. 1234 – 1,3 million
  16. 1q2w3e4r5t – 1,2 million
  17. Qwertyuiop – 1,1 million
  18. 123 – 1,02 million
  19. Monkey (inglizchada «maymun» degani) – 980 ming
  20. Dragon (inglizchada «drakon» degani) – 968 ming

Agarda sizning biror servisdagi parolingiz ushbu ro‘yxatdagilardan biri bo‘lsa, uni tezda o‘zgartirganingiz ma’qul.

O‘QING: Turli brauzerlarda saqlangan parollarni ko‘rish yo‘llari