«To‘rtko‘z» OnePlus 7: sirli 5G-smartfonning ilk «jonli» rasmi va texnik xususiyatlari!

  •   DiMaX
  •  856
  •  21.12.2018 16:31

«To‘rtko‘z» OnePlus 7: sirli 5G-smartfonning ilk «jonli» rasmi va texnik xususiyatlari!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfon ustida OnePlus kompaniyasi ham ishlamoqda. Hind blogeri Ishan Agarval (Ishan Agarwal) uning «jonli» suratini o‘zining Twitter-akkauntida chiqarib yubordi.

O‘QING: OnePlus yangi «flagmanlar kushandasi» sababli Ginness rekordlar kitobiga kirdi

E’lon qilingan fotosurat OnePlus kompaniyasining allaqanday yopiq yig‘ilishida olingani ko‘rinib turibdi. Unda tabloda ayni yangi – hali taqdim etilmagan smartfonning rasmi va xususiyatlari aks ettirilgan. Ushbu devaysning bozorga OnePlus 7 nomi bilan taqdim etilishini aytishmoqda. Stol ustida ayni shu qurilmaning o‘zi yotibdi, uning yana bir namunasini esa kompaniya bosh direktori Pit Lo (Pete Lau) qo‘lida ushlab olgan.

Ko‘rib turganingizdek, OnePlus tayyorlayotgan bu telefon dizayni avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Korpusning orqa qismida doirasimon blok ichida ko‘p qismli bosh kamera moduli joylashgan. Bu esa Nokia’ning eski modellarini hamda hozirda taqdim etilayotgan Moto smartfonlarini eslatadi.

O‘QING: Moto Z2 Force flagmani iPhone 8’dan ham qimmatga tushyapti

Xabarlarga ko‘ra, OnePlus’ning mazkur qurilmasi hali prototip bosqichida bo‘lib, yakuniy smartfon dizayni boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin. Ammo allaqachon uning render suratini ham taqdim etishgan:

Shuningdek, insayderlar OnePlus 7 smartfonining asosiy texnik jihatlarini ham aytishgan. U ilg‘or Snapdragon 845 protsessoriga, 10 GB tezkor va 512 GB doimiy xotiraga ega. Diagonaliga 6,21 dyuymlik romsiz ekranining tasvir aniqligi Full HD+ formatida, displeyning yuqori o‘ng burchagida old kamera uchun «tirqish» ochilgan.

OnePlus 7 kelasi yilning 25–28 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 ko‘rgazmasida taqdim qilinishi mumkin.

O‘QING: VIDEO: 549 dollarlik OnePlus 6T tezkorroqmi yoki 749 dollarlik iPhone XR?