Toshkent chorrahalaridagi videokameralar oyiga qancha pul tushirayotganini bilasizmi?

  •   DiMaX
  •  1331
  •  28.10.2020 16:58

Toshkent chorrahalaridagi videokameralar oyiga qancha pul tushirayotganini bilasizmi?

Poytaxt chorrahasida o‘rnatilgan videokameralar uchun dasturiy ta’minot litsenziyasi muddati tugadi. Bu to‘g‘rida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti vakili ma’lumotiga tayanib Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: YPX xodimining smartfoni bodi-kamera bo‘la oladimi?

Qayd etilishicha, Shveysariya kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi 114 ta chorraha va boshqa joylarda 2017 yilda ishga tushirilgan kameralarning litsenziyasi muddati tugagan.

Endilikda mahalliy «ABL-SOFT» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoCon tizimini sotib olib, kameralarni ishlatish rejalashtirilmoqda.

«Biz ular bilan suhbatlashdik, ular bizga tijorat taklifini berishdi. 1,1 mlrd. so‘m — bu tizimning narxi, — dedi Raqamli rivojlanish departamenti rahbari o‘rinbosari Aleksey Xan. — Bu pulni ikki oy ichida qoplashimiz mumkin bo‘ladi. Chunki bitta kompleks oyiga taxminan 300 mln so‘mlik qoidabuzarliklarni qayd etadi».

O‘QING: Atigi 8 dollardan sotilayotgan «videokuzatuv kamerasi»ning siri nimada?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!