Toshkentda robototexnika bo‘yicha tadbir: g‘oliblar taqdirlandi

  •   DiMaX
  •  381
  •  06.05.2019 17:58

Toshkentda robototexnika bo‘yicha tadbir: g‘oliblar taqdirlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan Yoshlar Ittifoqining Toshkent shahar Kengashi binosida «Robototexnika hamma uchun» mavzusida imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 101, 102, 106, 57 va 87-sonli maxsus internat maktablarining 100 nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi, deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

Tadbir ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda yoshlarga robototexnika tushunchasi va robotlar bilan ishlash, ularni yasashga oid tushunchalar berildi.

So‘ng imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida robototexnika bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan yoshlar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Robotokonstruktorlik tanlovida ham g‘oliblar aniqlandi va ularga sovg‘alar topshirildi.

Tadbirning ikkinchi qismida bolalarga «Kimyo laboratoriyasi» shousi namoyish qilindi.

Hozirgi kunda robototexnika, innovatsiya va axborot texnologiyalariga qiziquvchi, havoskorlik darajasida robototexnika ishlanmalarini yaratish va sohani ommalashtirish bilan shug‘ullanuvchi talaba va yosh pedagoglar hamda korxonalarning yosh mutaxassislari soni kundan-kun ortmoqda. Shunday ekan, mazkur pilot loyiha ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan yosh yigit-qizlarni jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilishga qaratilgan.

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!