Toshkentlik xaker bankni salkam 90 ming dollarga «chuv tushirdi»

  •   DiMaX
  •  2612
  •  23.04.2018 12:09

Toshkentlik xaker bankni salkam 90 ming dollarga «chuv tushirdi»

Ko‘pincha dunyoning falon burchagida xakerlar biror kompaniya bazasidan ma’lumotlar o‘g‘irlagani, falon miqdordagi pulni yechib olgani haqida ommaviy axborot vositalari orqali eshitib qolamiz. Ammo «o‘zimizdagi» xakerlar ham «chakki emas» ekan...

Masalan, poytaxtimizdagi «Fido Biznes» MChJ yetakchi dasturchi mutaxassisi, 1982 yilda tug‘ilgan I.M. shunday ishga qo‘l urgan, deb yozadi Xabar nashri.

O‘QING: Xakerlar tarixdagi eng yirik o‘g‘irlikni sodir etishdi

20 aprel kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 1982 yilda tug‘ilgan I.M. o‘tgan yilning yanvar oyidan noyabr oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida kompyuter tizimi orqali noqonuniy ishlarni amalga oshirgan. Ya’ni, u g‘ayriqonuniy ravishda bank hisobidagi raqamdan jami 89.400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni konversion kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan yashirincha o‘g‘irlagan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida I.M. hibsga olingan, deyiladi xabarda.

O‘QING: UzCard barcha plastik karta egalarini Telegram’dagi firibgarlikdan ogohlantirmoqda