“Toza” Android’da ishlaydigan Xiaomi Mi A2’ning chiqadigan kuni ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  2451
  •  09.07.2018 12:16

“Toza” Android’da ishlaydigan Xiaomi Mi A2’ning chiqadigan kuni ma’lum bo‘ldi

MySmartPrice nashri Xiaomi Mi A2 smartfonining namoyish qilinishiga oid qo‘shimcha tafsilotlarni ma’lum qildi. U  kompaniyaning “toza” Android One’da ishlaydigan ilk samartfoni –  Mi A1’ning izdoshi hisoblanadi.

Xabarda yangi qurilmaning ranglari ham oshkor etilgan, bular: qora, moviy va tilla ranglar bo‘ladi. Mi A1 alvon-tillarang va qizil ko‘rinishlarida ham sotilgandi. Birinchi smartfon faqat  4 GB OZU va 64 GB flesh-xotira bilan sotilgan bo‘lsa,  Xiaomi Mi A2’da tanlov imkoniyati kattaroq bo‘ladi. U  quyidagi konfiguratsiyada chiqadi:  4+32 GB, 4+64 GB, 4+128 GB va hatto 6+128 GB.

O‘QING:Xiaomi 2019 yilda AQSh bozorini zabt etmoqchi, ruxsat berilsa, albatta

Yangi qurilmaning sotuvga chiqarilishi  25 iyulda Ispaniyada boshlanadi. Boshqa mamlakatlarda qachon paydo bo‘lishini hozircha hech kim bilmaydi.

Qurilmaning tavsifi haqida ikki og‘iz so‘z: aparatning ichi kishini unchalik hayratga solmaydi, chunki, Xiaomi Mi A2 avval Xitoyda sotilgan Mi 6X smartfonining xalqora versiyasi hisoblanadi.  Unda 5.99-dyuymli,  Full HD+ formatidagi, tomonlar nisbati 18 ga 9 bo‘lgan ekran bor. Protsessori   Adreno 512 grafikali Snapdragon 660. Qolaversa, apparatda 12 Mp + 20 Mp qo‘sh kamera, 3010 mAch sig‘imdagi akkumulyator hamda Quick Charge 3.0 tez quvvatlantirgich ham bor. Qurilma toza Android operatsion tizimda ishlaydi.

O‘QING:Xiaomi Mi Mix 3 yangi suratda: romsiz ekran, shisha korpus va USB Type-C porti!

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.