Trenddagi ijtimoiy tarmoqda endi pul ishlab olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  839
  •  09.04.2021 14:53

Trenddagi ijtimoiy tarmoqda endi pul ishlab olish mumkin!

Joriy yilda trendga chiqqan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘idan xabaringiz bor – unda faqat ovozli xabarlar orqali muloqot qilinadi. Ushbu tarmoqda taniqli shaxslar ma’ruza qilishyapti, ular bilan suhbatlar va boshqalar yo‘lga qo‘yilgan. Masalan...

O‘QING: Bill Geyts qovun tushirdi: qaysi mobil operatsion tizimni yaxshi ko‘rishini boshqa tizimli qurilmasida aytdi!

UZZOOM nashri xabariga ko‘ra, Clubhouse audio-oqim xizmati monetizatsiya imkoniyatini ishga tushirdi. Ishlab chiquvchilar sevimli ma’ruzachilarga pul yuborish imkoniyati bo‘lgan xizmatni taqdim etishdi.

Pul yuborish funksiyasi barcha foydalanuvchilar uchun mavjud, ammo hozircha cheklangan moderatorlar guruhi «yordam» olishlari mumkin. Ishlab chiquvchilar ushbu funksiyani testlar va olingan fikr-mulohazalardan so‘ng barchaga ochib berishni va’da qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask avvalroq o‘zining Twitter tarmog‘idagi akkauntida Vladimir Putinga murojaat etib, yangi – Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ida muloqotga chaqirgan edi. Keyin esa biz mazkur tarmoq haqidagi batafsil maqolani e’lon qilganmiz.

O‘QING: RASMIY BAYoNOT: Telegram asoschisi Clubhouse’da bormi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.