Turib ishlang, o‘tirib ishlash sog‘likka zarar!

  •   Saroy
  •  1687
  •  04.08.2018 13:28

Turib ishlang, o‘tirib ishlash sog‘likka zarar!

Apple  o‘zining bosh qarorgohida ishlayotgan barcha xodimlar uchun turib ishlashni joriy etmoqda. Kompaniya rahbari Tim Kuk o‘tirib ishlashni saraton kasalligining yangi turi bilan tenglashtirdi.

2015 yilda ham  Apple rahbari Tim Kuk  o‘tirib ishlashni yangi saraton deb atagandi. O‘shanda u Apple’ning “aqlli” soatlarini ishlatayotgan ko‘plab xodimlariga, har doim bir soatda o‘n daqiqa turib ishlash organizm uchun zarur ekanini o‘qtirgandi.

 «Barcha xodimlarimizga ish joylaridan turib ishlashni taklif etdik. Bizning hayot tarzimizda turib ishlash sog‘ligimiz uchun  juda foydali bo‘ladi».

O‘QING:Bu xato. Apple tasodifan trillion dollar turadigan kompaniyaga aylandi

Xabarda yozilishicha,  Apple Campus  hududida mevali daraxtlar o‘sadi, ularning mevalari kompaniya xodimlari ovqatlanadigan oshxonada ishlatiladi, ya’ni kompaniya xodimlari o‘zlari meva sabzavot yetishtirib, o‘zlari iste’mol qiladilar. Bundan tashqari,  shtab-kvartirada katta mashq zali ham mavjud.

Apple’da joriy qilingan bunday tartiblar inson uchun jismoniy harakat naqadar foydala ekanidan dalolat beradi. Ayniqsa, aqliy mehnat bilan band bo‘lgan xodimlar uchun bunday tajribaning ahamiyatini hech narsa bilan  o‘lchab bo‘lmaydi.

O‘QING:iPhone X eng ommabop smartfon: 100 foiz foydalanuvchilar undan rozi