Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

  •   DiMaX
  •  2436
  •  31.07.2018 18:02

Turli brauzerlarda maxfiylik rejimini yoqishning eng oddiy usuli

Internetdagi harakatlaringiz – qaysi saytlarga kirganingiz, nimalarni izlaganingiz va hokazo ma’lumotlar saqlanib qolishini bilasiz-a? Kuzatuvdan xalos bo‘lishning yo‘llaridan biri – brauzerda «inkognito», ya’ni maxfiylik rejimini yoqishdir.

O‘QING: Raqamli barmoq izi va uni yashirish

Aslida har bir brauzerda inkognito rejimini yoqish uchun maxsus sozlamalar mavjud. Kompyuter yoki noutbukda – brauzerlarning desktop talqinlarida esa buni tugmachalar kombinatsiyalari orqali osongina amalga oshirish mumkin.

Xullasi kalom, Chrome, «Yandeks.Brauzer», Opera, Safari dasturlarida maxfiylik rejimiga o‘tish uchun, qo‘llanayotgan operatsion tizim turiga qarab quyidagi tugmachalarni birga bosish kerak:

  • Windows, Linux, Chrome OS tizimlarida: Ctrl + Shift + n
  • macOS tizimida: Command + Shift + n

Agarda Firefox, Internet Explorer yoki Microsoft Edge brauzeridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u holda mana bu tugmachalar kombinatsiyalaridan foydalanasiz:

  • Windows, Linux, Chrome OS tizimlarida: Ctrl + Shift + p
  • macOS tizimida: Command + Shift + p

Xo‘sh, sinab ko‘rasizmi?

O‘QING: Internetdagi anonimlik uchun maxsus brauzerlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!