Uber dronlarda ovqat yetkazib berish bo‘yicha xizmatini 2021 yilda ishga tushirmoqchi

  •   Saroy
  •  440
  •  22.10.2018 17:04

Uber dronlarda ovqat yetkazib berish bo‘yicha xizmatini 2021 yilda ishga tushirmoqchi

Amerikaning Uber Technologies kompaniyasi o‘z saytiga yetkazib beruvchi dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘limining boshlig‘i pozitsiyasiga bo‘sh ish o‘rni borligi haqida e’lonni joylashtirdi, deb yozadi  The Wall Street Journal.

Vakansiya haqidagi e’londa yozilishicha, top-menejer kelasi yili asosiy vazifalarni ishlab chiqishi kerak va 2021 yilga kelib bir yo‘la bir nechta bozorlar uchun xizmatni ishga tushirishi lozim. WSJ’dan so‘rov qabul qilinganidan keyin vakansiya haqidagi xabar olib tashlangan.

O‘QING:Turkiyada Uber faoliyatiga chek qo‘yildi: mahalliy haydovchilar manfaati birinchi o‘rinda

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Uber kelasi yili IPO’ga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uning doirasida kompaniya 120 milliard dollarga baholanishi mumkin. Qo‘shimcha xizmatlarning ochilishi yo‘lovchi tashish va ovqat yetkazib berishga ixtisoslashgan firmaning kapitalizatsiyani oshirishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, shunga o‘xshash xizmatlarni ishlab chiqayotgan kompaniyalarga dronlarning xavfsizligini baholash va ularni muvofiqlashtirib boruvchi tashkilotning roziligini olishi lozim. Ekspertlarning fikr bildirishicha, mahsulotlarni dronlar bilan yetkazib berish sohasida ishlaydigan normatiy-huquqiy asoslarni ishlab chiqishga ancha vaqt ketadi, ya’ni Uber’ning  belgilagan rejasiga ajratilgan uch yillik vaqtdan ham ko‘p vaqt zarur bo‘ladi.

O‘QING:Yilning eng innovatsion kompaniyalari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!