Ucell aksiyasi: 99 so‘mga 1500 MB olib, «Tezlikni his eting!»

  •   DiMaX
  •  10040
  •  21.06.2018 11:00

Ucell aksiyasi: 99 so‘mga 1500 MB olib, «Tezlikni his eting!»

O‘zbekistonda mijozlarga Ucell brendi ostida xizmat ko‘rsatayotgan «COSCOM» MChJ o‘zining uyali aloqa tarmog‘ini tobora kengroq yoyib va takomillashtirib bormoqda. Bu amaliy ishlar natijasi o‘laroq mazkur operatorning mobil interneti ham yanada yaxshilanishda davom etayotir.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk bor: Ucell tarmoq qamrovining interfaol xaritasini taqdim etdi!

Abonentlar Ucell mobil interneti tezligini bemalol sinab ko‘rishlarini, tarmoq sifatining yangi bosqichini his etishlarini ta’minlash maqsadida, mazkur operator «Tezlikni his eting!» aksiyasini joriy etganini xabar qildi.

Ushbu aksiya doirasida siz atigi 99 so‘m evaziga Telegram ilovasi uchun uch oyga 1500 megabayt hajmida internet-trafik olasiz! To‘plamni faollashtirib, Ucell interneti yordamida yuqori tezliklarda do‘stlar bilan muloqot qiling, suratlaringizni ulashing va videolar tomosha qiling!

To‘plamni faollashtirish uchun *600# USSD-buyrug‘ini terish lozim bo‘ladi, uni faqat 1 martagina faollashtirish mumkin.

Qolaversa, 2018 yilning 18 iyunidan to 31 avgustigacha har bir yangi ulangan abonentga 3 oyga Telegram uchun 1500 MB sovg‘a sifatida beriladi.

«Tezlikni his eting!» aksiyasi 2018 yilning 31 avgustigacha amalda bo‘ladi. Uning shartlari bilan batafsil tanishish, shuningdek, boshqa kerakli ma’lumotlarni olish uchun Ucell rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Futbol ishqibozlariga Ucell tuhfasi – «Narxlarga zarba» aksiyasi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!