Ucell’dan aksiya: smartfon yo planshet xarid qilib, uch oy bonus oling!

  •   DiMaX
  •  3354
  •  30.01.2018 14:29

Ucell’dan aksiya: smartfon yo planshet xarid qilib, uch oy bonus oling!

Uyali aloqa operatorlari o‘z abonentlari uchun turli aksiyalar tashkil qilishda davom etishmoqda. Ular rasmiy kafolatga ega biror qurilmani xarid qilgan abonentlariga turli bonuslar taqdim etishlari ham mijozlarga qo‘shimcha rag‘bat baxsh etadi.

O‘QING: Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilganlarga Ucell megabaytlar beryapti

Joriy yilning 29 yanvaridan Ucell aloqa operatori GaS Impex MChJ bilan hamkorlikda yangi aksiyani yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra, rasmiy kafolatga ega smartfonlar va planshetlardan birini xarid qilib, 3 oy mobaynida har oyda Ucell’dan 4000 MB, 3000 MB yoki 1000 MB ko‘rinishida bonus olish mumkin.

Akqiyada 1 yillik rasmiy kafolatga ega bo‘lgan quyidagi smartfon va planshet modellari ishtirok etadi:

Qurilma

Bonus

1

Samsung Galaxy A5 2017 (SM-A520F)

Samsung Galaxy A7 2017 (SM-A720F)

Samsung Galaxy S8 (SM-G950F)

Samsung Galaxy S8+ (SM-G955F)

Samsung Galaxy Note 8 (SM-N950F)

Apple iPhone 7 32GB

Apple iPhone7 Plus 32GB

Apple iPhone 8 64GB

Apple iPhone X 64GB

Apple iPhone X 256GB

Samsung Galaxy SM-T285N

Samsung Galaxy SM-T561N

Samsung Galaxy SM-T825N

3 oy davomida har oy 4000 MB

 

2

Samsung Galaxy J3 2017 (SM-J330F)

Samsung Galaxy J5 2016 (SM-J510F)

Samsung Galaxy J5 2017 (SM-J530F)

Samsung Galaxy J5 Prime (SM-G570F)

Samsung Galaxy J7 2017 (SM-J730F)

Samsung Galaxy A3 2017 (SM-A320F)

MDC Prime S

3 oy davomida har oy 3000 MB

3

Samsung Galaxy J1 mini (SM-J105H)

Samsung Galaxy J1 mini Prime (SM-J106F)

Samsung Galaxy J1 Ace (SM-J110H)

Samsung Galaxy J1 2016 (SM-J120F)

Samsung Galaxy J2 2016 (SM-J200F)

Samsung Galaxy J2 Prime (SM-G532F)

Samsung Galaxy J3 2016 (SM-J320H)

(MDC) Mandalina M-100

(MDC) Mandalina M-200

MDC Grand

MDC Prime Lite

3 oy davomida har oy 1000 MB

O‘QING: USB-modem to‘plamlarini Ucell maxsus narxda – atigi 35 ming so‘mdan sotmoqda!

Bonus olish uchun, rasmiy kafolatga ega bo‘lgan, yuqoridagi jadvalda keltirilgan qurilmalardan birini xarid qilish va uni Legal Phone promo-nuqtasida (Toshkent shahri V.Vohidov ko‘chasi 118-uyda joylashgan Ucell-Toshkent ofisida) rasmiylashtirib, sertifikat olish lozim.

So‘ng esa qadog‘iga ega tovar (smartfon yoki planshet), sertifikat va do‘kon muhri bosilgan kafolat talonini olib, pasport (yoki shaxsini tasliqlovchi hujjat) bilan birga Ucell («COSCOM» MChJ XK) xizmat ko‘rsatish va sotuv ofislaridan biriga borish zarur bo‘ladi. Ofisda esa amaldagi tartiblarga muvofiq tarzda (tanlangan tarif rejasiga yangi ulanish to‘lovini ham amalga oshirib) Ucell tarmog‘iga ulanish yoki Ucell abonenti ekanligidan Ucell vakilini xabardor qilish darkor. Shu yerda o‘z raqamiga Ucell bonusini – 3 oy mobaynida har 30 kunda belgilanuvchi 4000 MB, 3000 MB yoki 1000 MB hajmidagi internet-trafikni olish mumkin.

Ushbu aksiya naq bir yil mobaynida – 2019 yilning 31 yanvariga qadar amal qiladi! Uning shartlari va boshqa tafsilotlari bilan Ucell saytidagi tegishli sahifada tanishish mumkin.

O‘QING: Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!