Ucell’dan xushxabar: endi «Oylik internet-to‘plamlar»dagi megabaytlaringiz keyingisiga o‘tadigan bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2986
  •  06.06.2018 14:43

Ucell’dan xushxabar: endi «Oylik internet-to‘plamlar»dagi megabaytlaringiz keyingisiga o‘tadigan bo‘ldi!

Yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlariga muloqot imkoniyatlaridan tashqari, mobil internet xizmatlarini ham taklif etishadi. Ucell brendi ostida faoliyat yuritayotgan «COSCOM» MChJ bu borada yaxshi bir o‘zgarish qilgani haqida o‘z sayti orqali xabar berdi.

O‘QING: Ucell yangi – «Kayfiyat» tarif rejalari tizimini joriy etdi

Operatorning ma’lum qilishicha, 2018 yilning 7 iyunidan yanada yoqimli shartlarda yangi «Oylik internet-to‘plamlar» joriy etilmoqda. Endi yangi «Oylik internet-to‘plamlar» doirasidagi trafikning amal qilish muddati 31 kunni tashkil qiladi, avtomatik uzaytirish muddati esa – har 30 kunni. Bu shuni bildiradiki, endi har gal yangi to‘plam avtomatik belgilanganida oldingi muddat trafigi bekor qilinmaydi, balki yangi xarid qilinganiga qo‘shiladi.

Xullas, yangi internet-to‘plamlar quyidagicha:

To‘plamlar

Berilgan trafik hajmi*, MB

Narxi, so‘m

To‘plam 50

50

5 190

To‘plam 150

150

12 590

To‘plam 400

400

18 900

To‘plam 1 GB

1024

24 900

To‘plam 2 GB

2048

40 900

To‘plam 3 GB

3072

49 900

To‘plam 4 GB

4096

55 900

To‘plam 8 GB

8192

104 900

To‘plam 16 GB

16384

136 900

To‘plam 32 GB

32768

188 900

To‘plam 64 GB

65536

230 900

To‘plam 128 GB

131072

293 900

O‘QING: Ucell’dan yana bir xushxabar: «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari tag‘in uchta hududni qamrab olmoqda!

Yana saytda ta’kidlanishicha, «Qulay Internet» tarif rejasi abonentlariga tungi vaqtda foydalanish uchun 100 foizlik miqdorda bonus ham taqdim etiladi. Qolaversa, yangi «Oylik internet-to‘plamlar» bilan abonentlar «Ko‘proq ol!» aksiyasida ishtirok etishlari mumkin!

Shunisi ham borki, agarda abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lmaganligi sababli avtomatik belgilanish amalga oshmasa, to‘plam o‘chirilib, keyingi oyda qaytadan belgilanmaydi.

«Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi doirasidagi xarid qilinuvchi internet-to‘plamlar o‘zgarishsiz qoladi va oldingi shartlarda taqdim etiladi.

BILISh MUHIM: 2018 yilning 7 iyuniga qadar xarid qilingan internet-to‘plamlarda, avtomatik uzaytirish funksiyasi ishlamaydi. Ortiqcha xarajatlardan xoli bo‘lish uchun yangi «Oylik internet-to‘plamlar»dan birini ulash tavsiya etilmoqda.

«Oylik internet-to‘plamlar» shartlari va boshqa xizmatlar bilan batafsil tanishish uchun Ucell rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell har xil bonuslarga to‘la «Yangi ijobiy» tarif rejasini joriy etdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!