Ucell’dan yana bir xushxabar: «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari tag‘in uchta hududni qamrab olmoqda!

  •   DiMaX
  •  1652
  •  25.05.2018 19:24

Ucell’dan yana bir xushxabar: «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari tag‘in uchta hududni qamrab olmoqda!

Ucell aloqa operatori abonentlar sodiqligini oshirish maqsadida O‘zbekistonning tegishli hududlari uchun o‘zgacha takliflar ham ishlab chiqqan. Shulardan biri – «Qulay» xizmatlar to‘plamlari hisoblanadi.

O‘QING: Ucell «Qulay» xizmatlar to‘plamlarining qamrov hududini kengaytirdi va muddatini uzaytirdi

Operator saytida rasman xabar berilishicha, 2018 yilning 25 may sanasidan boshlab Ucell «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlarining amal qilish hududini kengaytirmoqda. Ya’ni, ushbu xizmatlar to‘plami endi Sirdaryo va Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi abonentlari uchun ham amal qiladi.

Aytish kerakki, «O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlari ikki xil hajmda taklif etiladi. «O‘zbekiston bo‘yicha qulay 100» to‘plami mamlakatdagi istalgan raqamlar bilan muloqot uchun 100 daqiqa va 100 SMS-xabar hamda 5 megabayt internet-trafikni o‘z ichiga oladi. «O‘zbekiston bo‘yicha qulay 500» to‘plamida esa tegishlicha 500 daqiqa, 500 xabar va 30 megabayt hajmida internet-trafik taklif etiladi.

«O‘zbekiston bo‘yicha qulay» xizmatlar to‘plamlarining shartlarini va boshqa ma’lumotlarni batafsil bilib olish uchun Ucell rasmiy saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell’ning yangi aksiyasi: «Qo‘shnilarga yaqinroq» bo‘lamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!