Ucell’ning «Internet-sehr» aksiyasi: Samsung smartfonlari va hatto iPhone X yutib olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  3775
  •  07.12.2017 16:34

Ucell’ning «Internet-sehr» aksiyasi: Samsung smartfonlari va hatto iPhone X yutib olish mumkin!

Yangi yilga sanoqli kunlar qoldi, Ucell esa allaqachon «Internet-sehr» aksiyasi bo‘yicha ikki karra oshirilgan internet-to‘plamlar ko‘rinishida sovg‘alar bermoqda. Bu haqda operator saytida xabar e’lon qilingan.

O‘QING: Ucell musiqa shaydolari uchun Zvooq xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Qanaqa aksiya ekan?

Mazkur aksiyaga ko‘ra, Ucell abonentlari 500 MBdan to 64 GBgacha hajmli internet-to‘plamlardan istalgan birini xarid qilishda, xuddi sehrlangandek, belgilangan to‘plam nominalidan ikki karra ko‘p trafikka ega bo‘ladilar.

Lekin bu hali hammasi emas. Mazkur to‘plamlardan sotib olgan abonentlar kafolatlangan ikki karra trafikdan tashqari, qo‘shimcha sovg‘alar yutib olishlari ham mumkin. Bu sovg‘alar esa O‘zbekiston bo‘yicha muloqot uchun daqiqalar to‘plami, internet-to‘plam, 4G-modem, Samsung smartfonlari va hatto iPhone X ko‘rinishida bo‘lib, aksiyaning har bir ishtirokchisida ularni yutib olish imkoni mavjud!

Aksiyada ishtirok etish uchun *555*3# USSD-buyrug‘ini terish va kerakli internet-to‘plamni xarid qilish kifoya.

O‘QING: Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Aksiyaning o‘tkazilish mexanikasi va sovg‘alar ro‘yxati

Aksiya shartlariga ko‘ra, xarid qilinadigan internet-to‘plamlardan har bir ma’lum tartib raqamidagisi bonusni o‘z ichiga oladi. Hisoblash to‘plamlar aksiyasining barcha ishtirokchilari orasida avtomatik tarzda amalga oshiriladi:

Bonus

Navbati

O‘zbekiston bo‘yicha 500 daqiqa

Har 10-to‘plam

Telegram ilovasi uchun 500 MB

Har 20-to‘plam

1 000 MB

Har 100-to‘plam

Tas-IX hududi uchun 10 000 MB

Har 500-to‘plam

10 000 MB

Har 1000-to‘plam

Huawei 3272 (4G USB-modemi)

Har 10000-to‘plam

Samsung* smartfoni

Har 50000-to‘plam

iPhone X

Har 100000-to‘plam

* Samsung smartfonlari quyidagi tartibda o‘ynaladi:

1. Samsung Galaxy A7(6)

2. Samsung Galaxy Note 5

3-5. Samsung Galaxy A5 2017

6-9. Samsung Galaxy A7 2017

Agarda abonentga bir nechta bonus to‘g‘ri kelsa, ular orasidan eng yirik bitta bonus taqdim etiladi. Bonuslarning amal qilish muddati – belgilangan paytidan boshlab 7 kun.

O‘QING: Ucell yangi raqamli SIM-kartalarni abonentning uyigacha eltib bermoqda

«Internet-sehr» aksiyasi 2017 yil 7 dekabrdan to 2018 yil 6 martgacha o‘tkaziladi. Aksiya haqidagi batafsil ma’lumotni esa mana bu havola orqali operator saytidan olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!