Ucell’ning «Musiqiy bahor» aksiyasi: Zvooq ilovasida sifatli musiqalardan bepul bahra oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  1548
  •  31.03.2018 10:19

Ucell’ning «Musiqiy bahor» aksiyasi: Zvooq ilovasida sifatli musiqalardan bepul bahra oling! (+video)

Bahorda tabiat jonlanishi bilan bir qatorda, uyali aloqa operatorlarimiz ham ancha faollashib qolishgan. Jumladan, Ucell kompaniyasi ham o‘z mijozlarini yangi tarif va aksiyalar bilan mamnun qilishda davom etmoqda.

O‘QING: Xushxabar: Ucell yangi tarif rejasini ishga tushirdi!

Ucell saytida xabar qilinishicha, kompaniya ushbu bahorda o‘z abonentlariga Zvooq musiqiy ilovasidan BEPUL foydalanish imkoniyatini hadya etadi! Zvooq – bu yuqori sifatli xorijiy va o‘zbekcha musiqalarni legal tinglash uchun onlayn-servisdir.

Xabarga ko‘ra, 2018 yilning 30 martidan to 26 apreligacha «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi doirasida «Musiqiy bahor» aksiyasi amal qiladi.

Aksiya mobaynida, 3 yildan 6 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida Ucell tarmog‘ida bo‘lib kelayotgan abonentlar «Zvooq» xizmatini ulatish va undan 2 oy mobaynida abonent to‘lovisiz foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar!

6 yil va undan oshiq vaqt davomida Ucell tarmog‘ida bo‘lib kelayotgan abonentlar esa «Zvooq» xizmatidan 3 oy mobaynida abonent to‘lovisiz foydalanishlari mumkin!

O‘QING: Ucell musiqa shaydolari uchun Zvooq xizmatini yo‘lga qo‘ydi

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Ucell abonentlari uchun ushbu xizmatdan foydalanilganda sarflangan internet-trafik narxlanmaydi. «Zvooq» xizmatiga bag‘ishlangan videorolikni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Abonent o‘zining necha yildan buyon Ucell tarmog‘ida ekanligini aniqlash va «Zvooq» xizmatini ulatish uchun *136# USSD-so‘rovidan foydalanishi lozim. Shuningdek, bunda u «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi doirasida aynan o‘zi foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha imtiyozlar bilan tanishib chiqa oladi.

Zvooq ilovasini smartfonga yuklab olish uchun ushbu havola orqali o‘tishingiz mumkin. Ucell’ning «Zvooq» xizmati tavsifi bilan batafsil tanishish uchun esa mana bu havola orqali o‘ting.

«Musiqiy bahor» aksiyasining shartlari bilan Ucell kompaniyasi rasmiy saytida batafsil tanishib chiqish imkoni mavjud.

O‘QING: Ucell yana ikkita yangi kontent-xizmatni ishga tushirdi