Ucell sumalak sotish bo‘yicha eng zo‘r g‘oya muallifiga Mi Band 2 sovg‘a qilmoqchi

  •   DiMaX
  •  1610
  •  17.03.2018 13:04

Ucell sumalak sotish bo‘yicha eng zo‘r g‘oya muallifiga Mi Band 2 sovg‘a qilmoqchi

Uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlarining sodiqligini yanada oshirish, ularni shunchaki taqdirlash uchun ham ijtimoiy tarmoqlarda turli qiziqarli tanlovlar o‘tkazib turishlaridan xabardormiz. Ucell kompaniyasining Facebook tarmog‘ida e’lon qilgan tanlovi ham bunga misoldir.

O‘QING: Mobil operatorlarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rsatkichlari qanaqa?

Tanlov mazkur aloqa operatorining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Ucell Business sahifasida e’lon qilingan. Kompaniya bu tanlov g‘olibiga Xiaomi kompaniyasining Mi Band 2 «aqlli» bilaguzugi taqdim etadi.

Tanlovda qatnashish shartlari ham oddiy:

  • Ucell Business sahifasiga a’zo bo‘lish;
  • Tanlov haqidagi xabarni (postni) ulashish;
  • Shu postga izohida sumalak sotish bo‘yicha eng yaxshi biznes g‘oyasini yozib qoldirish;
  • Shu izohiga imkon qadar ko‘proq «layk» yig‘ish.

Yuqoridagi barcha shartlarni bajargan va eng ko‘p «layk» to‘plagan uch nafar ishtirokchi Mi Band 2 smart-brasleti bilan taqdirlanadi.

Tanlov g‘oliblari joriy yilning 23 mart kuni e’lon qilinadi. Sovg‘a Ucell ofisida taqdim etiladi.

Xo‘sh, urinib ko‘rasizmi?

O‘QING: Ucell va Artel Mobile aksiyasi: har oyda 3000 MBgacha bonus!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.