Ucell va Artel Mobile aksiyasi: har oyda 3000 MBgacha bonus!

  •   DiMaX
  •  3982
  •  16.03.2018 09:38

Ucell va Artel Mobile aksiyasi: har oyda 3000 MBgacha bonus!

Uyali aloqa operatorlarining smartfon brendlari bilan hamkorlikda aksiyalar joriy etishi nafaqat har ikkalasining, balki mijozlarning ham manfaatiga xizmat qiladi. Jumladan, O‘zbekistondagi aloqa operatorlari ham bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanib kelmoqdalar.

O‘QING: Ucell aksiya doirasida Xiaomi smartfonlariga chegirmalar taqdim etmoqda

Ucell kompaniyasi joriy etgan yangi aksiya Artel Mobile bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Unda mijozlar rasmiy kafolatga ega bo‘lgan Artel yoki General Mobile smartfonlarini xarid qilib, 3 oy mobaynida har oy Ucell aloqa operatoridan bonus olib turishlari mumkin.

Aksiyada 1 yillik rasmiy kafolatga ega bo‘lgan quyidagi smartfon modellari ishtirok etadi:

Model

Bonus

Artel Mobile U3

General Mobile 5

3 oy davomida har oy 1000 MB hajmida internet-trafik

Artel Mobile U5

3 oy davomida har oy 2000 MB hajmida internet-trafik

General Mobile 6

Artel Mobile P5

3 oy davomida har oy 3000 MB hajmida internet-trafik

O‘QING: Artel telefonlarini qulay narxlarda oling! (2018 yil 9 fevral)

Operator saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, mazkur aksiya doirasida bonuslar yuqorida ko‘rsatilgan mobil qurilmalardan birini xarid qilgan abonentlarga taqdim etiladi. Bonuslar Ucell’ning haqi oldindan to‘lanuvchi xizmat ko‘rsatish tizimidagi, Faol holatdagi abonentlargagina, shuningdek, bitta telefonga va bitta abonent raqamiga bir marta belgilanadi.

Taqdim etilgan bonuslar O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi, tegishli internet-trafik har oyda belgilanadi.

Ushbu aksiya 2018 yilning 15 martidan to 15 iyunigacha amal qiladi.

Aksiya shartlari va boshqa tafsilotlari bilan mazkur aloqa operatorining saytida, shuningdek,  Facebook va Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlaridagi Ucell hamda Artel Mobile sahifalarida tanishib chiqishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell’dan xushxabarlar: har kuni TAS-IX uchun 50 MB, Telegram uchun 33 MB!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!