Ucell yangi – «Yengil hafta» tarif rejasini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  4422
  •  27.08.2018 16:57

Ucell yangi – «Yengil hafta» tarif rejasini taqdim etdi

O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan uyali aloqa operatorlari o‘z mijozlarining talab va istaklaridan kelib chiqib, turli tarif rejalarini ishga tushirishmoqda. Jumladan, Ucell yangi – «Yengil hafta» nomli tarif rejasini e’lon qildi.

O‘QING: Ucell abonentlari uchun juda foydali, lekin ko‘pchilik bilmagan beshta USSD-so‘rov

Operator saytida yozilishicha, «Yengil hafta» tarif rejasida abonent har haftada O‘zbekiston bo‘yicha muloqotlar uchun 100 daqiqa va 100 ta SMS-xabar, shuningdek 100 megabayt hajmida internet-trafik oladi. Bularning barchasi haftasiga atigi 5000 so‘m evaziga taqdim etiladi!

«Yengil hafta» tarif rejasiga o‘tish *120# USSD-so‘rovi orqali, BEPUL tarzda amalga oshiriladi. Unda tarif doirasida taqdim etilgan limitlar qoldig‘ini tekshirish uchun esa *103# USSD-so‘rovini terish kerak bo‘ladi.

Ushbu tarifning shartlarini batafsil bilib olish uchun Ucell saytidagi tegishli sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Ucell’dan layfxak-2: Smartfondan TAS-IX’ga bepul kiring!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!