Uch kamerali Meizu 16X smartfoni TENAA’da «qo‘lga tushdi»

  •   DiMaX
  •  883
  •  04.09.2018 10:38

Uch kamerali Meizu 16X smartfoni TENAA’da «qo‘lga tushdi»

Xitoylik smartfonsozning Meizu 16X rusumli qurilmasi yaqin orada taqdim etilishi kutilmoqda. Xitoyning Telekommunikatsion jihozlarni sertifikatlash markazi (TENAA) ma’lumotlar bazasida uning surati va texnik xususiyatlari e’lon qilindi.

O‘QING: Meizu 16X: anchayin soddalashtirilgan Xitoy smartfonining siri ochildi

Ushbu markaz ma’lumotlar bazasida Meizu 16X smartfonining kodli nomi M872Q tarzida ko‘rsatilgan. TENAA’dagi ma’lumotlarga qaraganda, uning 6 dyuymlik ekrani tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida (2160x1080 pikselli).

Meizu 16X asosiy kamerasi qo‘shaloq – 12 va 20 megapikselli sensorlarni o‘z ichiga olgan. Old kamerasiga bo‘lsa 20 megapikselli datchik o‘rnatilgan.

O‘QING: Meizu M6: «Malika»dagi narxiga munosib flagman

Yangi smartfonning texnik ta’minoti asosini Snapdragon 710 protsessori tashkil etadi. Ushbu chip 2,2 GGs.gacha takt chastotasida ishlovchi sakkizta Kryo 360 yadrosini, Adreno 616 grafik tezlatgichini, Artificial Intelligence (AI) Engine «sun’iy ong» blogini hamda Snapdragon X15 LTE modemini o‘zida birlashtirgan.

Meizu 16X modelining tezkor xotirasi 6, doimiy xotirasi esa 64 gigabaytlik bo‘ladi. Quvvat ta’minoti uchun esa 3000 mA/soatlik akkumulyator mas’ul. Korpusining o‘lchamlari 151,2x73,6x7,5 millimetrga, vazni esa 154 grammga teng. Dasturiy ta’minot platformasi tarzida Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini ko‘rsatilgan.

Aytish kerakki, ushbu kompaniyaning bir necha rusumdagi smartfonlari O‘zbekiston bozorlarida ham sotilmoqda. Jumladan, Terashop.uz internet-do‘konimizda ularni bir yillik kafolati bilan, o‘zingizga ma’qul to‘lov usullaridan foydalangan holda xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Meizu yoki Xiaomi: qaysi biri zo‘r?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!